umumiy ovqatlanish sub’ektlarining bufetlarida mavjud tovarlarning
miqdori va harakati hisobga olinadi. Bu schyotda chakana savdo
sub’ektlari va umumiy ovqatlanish sub’ektlarining
bufetlaridagi shisha
idishlar (butilka, bankalar va boshqalar)ning miqdori va xarkati ham
hisobga olinadi.
2930- «Кo’rgazmadagi tovarlar» schyotida ko’rgazmalar,
yarmarkalarda, reklama va ko’rsatish uchun mo’ljallangan tovarlar sotib
olish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Bunda 2930- «Кo’rgazmadagi
tovarlar» schyotining debetiga va 2910- «Ombordagi tovarlar» eki 2920-
«Chakana savdodagi tovarlar» schyotining kreditiga yozuvlar qilinadi.
Tovarlar uchun javobgarlik bir moddiy javobgar shaxsdan boshqa shaxsga
vaqtinchalik o’tadi. Agar ko’rgazma, yarmarkalar va boshqalarga quyilgan
tovarlar sotilsa, u holda 2910- «Ombordagi tovarlar» eki 2920- «Chakana
savdodagi tovarlar» schyoti bo’yicha buxgalteriya yozuvlari amalga
oshiriladi.
2940-«Prokatdagi buyumlar» schyotida ijara buyumlarining mavjudligi
va xarkati hisobga olinadi. 2950-« Tovarlar bilan band va bo’sh idishlar »
schyotida tovarlar bilan band va bush turgan idishlarning (chakana savdo
korxonalaridagi va umumiy ovqatlanish korxonalarining bufetlaridagi
shisha idishlardan tashqari) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Savdo korxonalari tovarlar bilan band va bo’sh bo’lgan idishlarning
harakatini ularning tarkibi va bahosidan kelib
chikkan holda idishlar
guruhi bahosi bo’yicha o’rnatiladigan o’rtacha hisob bahosi bo’yicha
hisobga olishlari mumkin. Bunda idishlarning sotib olish bahosi bilan
o’rtacha hisob bahosi o’rtasidagi farq 9390-«Boshqa operasioh
daromadlar» schyotida olib boriladi (idishlar bilan bog’liq muomalalar
bo’yicha natija sifatida).
2990-«Boshqa tovarlar» schyotida 2910-2950 schyotlarda aks
ettirilmagan boshqa muomalalar hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va idishlarning
kirim qilinishi
2910-«Tovarlar» schyotining debetida aks ettiriladi va boshqa xarajatlar
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning to’lashga qabul
qilingan schyotlari» schyotining kreditidan 9410-«Sotish xarajatlari »
schyotining debetiga yoziladi.
Tovarlar va idishlarning kelib tushishini 1510-«Materiallarni tayyorlash
va xarid qilish» schyotini qo’llagan holda materiallar bilan bog’liq
muomalalrni hisobga olish tartibiga o’xshash tartibda hisobda aks ettirish
mumkin.
125
Нisoblashish xujjatlari xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan taqdim
etilgan yoki ular tomonidan haqi to’langan, xaridor (buyurtmachi)larga
sotilgan yoki jo’natilgan tovarlar 2910-«Ombordagi tovarlar» schyotidan
9120- «Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyotining debetiga sotish
tartibida hisobdan chiqariladi.
Agar mol etkazib berish shartnomasida jo’natilgan tovarlarga egalik
qilish, foydalanish va tasarruf etish xuquqlarining sub’ektdan
xaridor
(buyurtmachi)larga o’tish davri va tovarlarning tasodifiy nobudgarchilik
tavakkalchiligi ko’rsatib o’tilgan bo’lsa, u holda bu davr boshlanishiga
qadar tovarlar 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» schyotida hisobga
olinadi. Ularni xaqiqatda sotish (jo’natish)da tovarlarni hisobga oluvchi
tegishli schyotlarning krediti va 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi»
schyotining debeti bo’yicha yozuvlar qilinadi. Boshqa o’z bo’linmalariga
qayta ishlash uchun berilgan tovarlar tovarlarni hisobga oluvchi
schyotlardan hisobdan uchirilmaydi, ular alohida hisobga olinadi.
Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovarlar 002-«Mas’ul saqlashga qabul
qilingan tovar-moddiy boyliklar» nomli
balansdan tashqari schyotda
hisobga olinadi. Кomissiyaga qabul qilingan tovarlar 004-«Кomissiyaga
qabul qilingan tovarlar» nomli balansdan tashqari schyotda hisobga
olinadi.
Tovarlarning hisobi kirim va chiqim yukxatlari, schyot-fakturalar, kassa
orderlari, yo’nalish varaqalari va boshqa xujjatlarning ma’olumotlari
asosida to’lg’aziladigan moddiy-javobgar shaxslarning hisobotiga asosan
yuritiladi.
Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar bo’yicha analitik hisob moddiy
javobgar shaxslar bo’yicha, tovarlarning nomlari (navi), guruhlari
bo’yicha, zarur hollarda esa saqlanish joylari bo’yicha yuritiladi.
Tovarlarning holati va harakatini schyotlarda aks ettirish chizmasi.
Dostları ilə paylaş: