ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar» schyotining krediti hamda pul
mablag’lari schyotlarining debeti bilan korrespondensiyalanadi.
4820-«Qisqa muddatli ijara yuzasidan olinadigan joriy to’lovlar»
schyotida ijara shartnomasiga asosan tezkor lizing bo’yicha to’lanadigan
ijara haqi hisobga olinadi. Ijara haqi hisoblanganda daromad schyoti 9350
kreditlanib, 4820-«Qisqa muddatli ijara yuzasidan olinadigan joriy
to’lovlar» schyoti debetlanadi. Ijara haqining kelib tushishiga pul
mablag’lari schyoti debetlanib 4820-«Qisqa muddatli ijara yuzasidan
olinadigan joriy to’lovlar» schyoti kreditlanadi.
4830-«Olinadigan foizlar» schyotida foizlarni hisoblash va to’lash
bo’yicha hisoblashishlar hisobga olinadi. Foizlarni hisoblash uchun asos
bo’lib kredit shartnomasi hisoblanadi. Uzaytirilgan foizlar alohida hisobga
olinadi va ular bo’yicha o’simlar hisoblanadi.
4840-«Olinadigan dividendlar» schyotida qimmatbaho qog’ozlar
bo’yicha dividendlarni hisoblash yuritiladi. Xorijiy sub’ektlarning
dividendlari chet elga o’tkazilganda xorijiy valyutada o’tkaziladi.
Кonvertasiya bo’yicha xarajatlar dividendlar hisobidan qoplanadi.
4850-«Royalti va gonorarlar bo’yicha olinadigan schyot (to’lov)lar»
schyotida royalti va gonorarlar olish bo’yicha hisoblashishlar yuritiladi.
Royalti – bu sotuvchiga berilgan lisenziya shartnomasida belgilangan
tartibda ma’lum narsani ishlatish huquqi uchun davriy to’lovlardir.
Amaliyotda royalti aniq belgilangan darajalar bo’yicha ko’rsatilib, bu
darajalar lisenziya oluvchi tomonidan lisenziya shartnomasining amal
qilish muddati davomida kelishilgan vaqt oralig’ida to’lanadi. Royaltining
darajasi lisenziyaga ega mahsulotning sof sotilish qiymati, uning tannarxi,
yalpi daromadi qiymatidan foizlarda yoki ishlab chiqariladigan bir birlik
mahsulotga nisbatan aniqlab belgilinadi. Gonorar – bajarilgan ish,
ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha mukofot va rag’batlantirish.
4890-«Boshqa shaxslar qarzining joriy qismi» schyotida yuqoridagi
schyotlarda ko’rsatilmagan hisoblashishlar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor bo’yicha alohida yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: