sotilganda, mukofot summasi hisobga
olindi
5530
5
Joriy obligatsiyalar mukofotining
hisobdan
chiqarilishi
6220
9530
6
Kеchiktirilgan mukofotlarning uzoq
muddatli qismi joriy hismga o’tkazildi
7220
6220
7
Kеlgusida jo’natiladigan TMZ,
ko’rsatiladigan xizmatlar, bajariladigan
ishlar uchun pul mablag’lari kеlib
tushdi
5110-
5530
6230
8
Kеchiktirilgan daromadlarning tayyor
mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar
bajarilganda va xizmatlar ko’rsatilishi
bilan daromadga qo’shilishi
6230
9010,
9020, 9030
9
Ijara bo’yicha kеchiktirilgan daromad
summasi tеgishli davrda daromadga
qo’shildi
6230
9350, 9550
10
.
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha
uzoq muddatli kеchiktirilgan
majburiyatlarning joriy qismi hisobot
davrida byudjеtga to’lash
uchun
hisobdan chiqarildi
7240
6240
11
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha foyda
soliqi bo’yicha Uzoq muddatli
kеchiktirilgan majburiyatlar joriy
qismiga o’tkazildi
7250
6250
Sotiladigan mahsulot, bajariladigan qandaydir ish yoki ko’rsatiladigan
xizmatlar uchun xaridor va buyurtmachilardan bo’nak ko’rinishida pul
mablag’larini olishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt buyurtmaning
bajarilishidan kutilayotgan zararlarni qoplash uchun bo’nak to’lovini
(oldindan qiymatining bir qismini to’lash) talab qilishi mumkin. Bunday
vaqtlarda bo’nak
tayyor mahsulotlarni, TMBlarni, bajarilgan ish va
ko’rsatilgan xizmatlarni etkazib berish bo’yicha shartnomaning
bajarilishiga hamda xaridor va buyurtmachilardan
kelgusidagi
to’lovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida yuzaga keladi.
Bunday bo’naklar pul mablag’ini olgan sub’ekt uchun tayyor mahsulot
jo’natilgunga,ish yoki xizmat bajarilgunga qadar majburiyat bo’lib
hisoblanadi. Olingan bo’naklarga quyidagilar misol bo’ladi: gaz, suv,
169
yoritish va boshqa maishiy xizmatlar uchun, shuningdek tayyor
mahsulotlarni, TMB va boshqalarni etkazib berish uchun oldindan olingan
to’lovlar.
Xaridorlarga va buyurtmachilarga tayyor mahsulotlarni, TMBni etkazib
berish yoki qisman tayyor bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar uchun,
shuningdek, aksiyaga obuna bo’lgan yuridik shaxslardan olingan bo’naklar
bo’yicha joriy majburiyatlar haqidagi ma’lumotlar
quyidagi schyotlarda
umumlashtiriladi:
6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»
6320-«Aksiya obunachilaridan olingan bo’naklar»
6390-«Boshqa olingan bo’naklar».
Olingan bo’nak summalari, shuningdek, qisman
tayyor mahsulot va ish
(xizmat) uchun olingan to’lovlar 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan bo’naklar», 6310-«Aksiya obunachilaridan olingan bo’naklar»,
6390-«Boshqa olingan bo’naklar» schyotlarining krediti va pul mablag’larini
hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishni
tugatib topshirish va xizmatni ko’rsatib bo’lgandan so’ng, shuningdek,
xaridorlarga mahsulotni jo’natgandan keyin olingan bo’naklar
xaridor va
buyurtmachilarning oldidagi majburiyatlarni kamaytiradi va 6310-"Xaridorlar
va buyurtmachilardan olingan bo’naklar", 6320-"Aksiya obunachilaridan
olingan bo’naklar", 6390-"Boshqa olingan bo’naklar" schyotlarining debeti,
hamda sotishni hisobga olish tartibiga ko’ra 9010, 9020, 9030, 9410, 9420 yoki
4010 schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Ushbu 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar»,
6320-«Aksiya obunachilaridan olingan bo’naklar» va 6390-«Boshqa
olingan bo’naklar» schyotlari bo’yicha analitik
hisob olingan joriy
bo’naklarning har bir turi va bo’nak bergan shaxslar bo’yicha olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: