Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar yoki kapital qo’yilmalar
shaklida, yoki daromad olish bilan
bog’liq xarajatlar shaklida hisobga olinadi.
Hisobot davri tugaganidan
keyin ham kapital qo’yilmalarining manfaat keltirilishi kutiladi. Shuning
uchun bunday xarajatlar kapitallashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb
turkumlanadi va aktivlarning mos keladigan schyotining debeti bo’yicha
hisobga olinadi. Aktivning kapitallashtirilgan qiymati joriy va kelgusi
davrlar uchun
xarajatlar deb, amortizasiya orqali tan olinadi.
Daromad olish bilan bog’liq xarajatlar,
faqat joriy hisobot davrida
manfaatlar olib keladi deb kutiladi. Shuning uchun, ular xarajatlarning mos
schyotiga to’g’ridan-to’g’ri o’tkaziladi, shundan keyin davrning
daromadiga mos kelishi tekshiriladi.
Ushbu xarajatlar tegishli asosiy vositalarning sotib olinganidan keyin,
ammo aktivni foydalanishga topshirishdan oldin qo’shiladi. Uskunani
o’rnatish va modernizasiya
qilish xarajatlari, binoni rekonstruksiya qilish
va tarkibiy o’zgarishlar kiritish, yangi sotib olingan yoki foydalanilayotgan
aktivlar bilan to’g’ridan - to’g’ri bog’liq shunga o’xshash
xarajatlar
aktivning boshlang’ich qiymatining qismi sifatida kapitallashtiriladi.
Modernizasiya vaqtida ustama xarajatlar, jumladan sug’urta to’lovi,
soliqlar, nazorat organlariga to’lovlar, shuningdek
oldin foydalanishda
bo’lgan aktivni ta’mirlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan
yordamchi xarajatlar ham kapitallashtiriladi.
Binolardan foydalanish va uskunalarni o’rnatish bo’yicha xodimlarni
o’qitish xarajatlari kapitallashtirilmaydi. Bu xarajatlar aktivlarning emas,
balkim xodimlarning bahosini oshiradi.
Shuningdek har yilgi mulk
soliqlari va sug’urta xarajatlari kapitallashtirilmaydi.
Dostları ilə paylaş: