0700-schyot bo’yicha ikkita subschyot yuritiladi: 0710 -
«Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» va
0720-«Chet eldan keltirilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».
Sub’ektga kelib tushgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar uchun to’lov
talabnoma-topshiriq akseptlanganda 0710 va 0720 schyotlari debetlanib,
6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
schyoti kreditlanadi. Shu asbob-uskunalarni etkazib berganlik (transport
xizmatlari) uchun 6890-«Boshqa majburiyatlar» schyoti tegishli
xizmatlarning summasiga kreditlanadi.
Shu asbob-uskunalarni tushirib berganligi uchun ishchilarga mehnat
haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar hisoblanganda 0710 va 0720-
schyotlari debetlanib, 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan
hisoblashishlar» va 6520-«Ijtimoiy sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyotlari
kreditlanadi.
Ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga o’z badallari
sifatida topshirilgan asbob-uskunalarning qiymati ham 0710 va 0720-
schyotlarining debeti va 4710-«Ustav kapitaliga ulushlari bo’yicha
ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga yoziladi.
Yig’ish va o’rnatish uchun (montajga) topshirilgan asbob-uskunalarning
haqiqiy qiymati hisobdan chiqarilganda 0810-«Tugallanmagan qurilish»
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, shu asbob-
uskunalar sotilsa, 9220-«Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimlari»
schyoti debetlanib, 0710 va 0720-schyotlari kreditlanadi, ularning mustaqil
balansga ajratilgan filiallarga berilishi – 4110-«Alohida balansga ajratilgan
bo’linmalardan olinadigan schyotlar» schyotining debeti va 0710 va 0720-
schyotlarining kreditiga yoziladi.
O’rnatiladigan asbob-uskunalarni ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
materiallar hisobiga o’xshab ketadi va ularning hisobi ham ombor
kartochkalari va 10-sonli qaydnomada yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: