keltiriladi. Bu pasport asosiy vositalarni hisobga olishni va undan
foydalanish ustidan nazorat qilishni yanada yaxshilash imkonini beradi.
Asosiy vositalarning hisobi shunday tashkil qilingan bo’lishi kerakki,
uning yordamida asosiy vositalarning har
bir turkumidagi guruhlariga
tegishli bo’lgan asosiy vositalar va uning har bir ob’ekti, uning joylashgan
joyi va alohida inventar kartochkada analitik hisobi va 0100-«Asosiy
vositalar» schyotlarida tegishli vositalarning sintetik hisobini yuritish bilan
ta’minlanadi. Analitik hisob AV-6 shakldagi namunaviy varaqlarda
yuritiladi. Uncha katta bo’lmagan sub’ektlar asosiy vositalarning analitik
hisobini inventar daftarlarida yuritishlari mumkin.
Inventar kartochkalarda asosiy vositalar ob’ektining nomi, uning
inventar raqami, uni tayyorlagan sub’ektning nomi, ishlab chiqarilgan yili,
dalolatnoma
raqami va sanasi, dastlabki qiymati, sotib olish manbai,
qisqacha tavsifi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
Sub’ektlarda ushbu inventar kartochkalar (AV-6 shakli) ikki nusxada
tuzilib,
ulardan biri buxgalteriyada, ikkinchisi esa asosiy vositalar
joylashgan sex va bo’limlarda saqlanadi. Inventar kartochkalar asosiy
vositalarning guruhlariga qarab, guruhning ichida esa ularning joylashgan
o’rinlariga va ob’ekt turlariga qarab kartotekalarda joylashtiriladi.
Ishlatilayotgan asosiy vositalarning kartochkalari alohida saqlanadi.
Ayrim sub’ektlarda inventar kartochkalar faqat bir nusxada to’ldirilib,
ular asosiy vositalarning buxgalteriyadagi
hisobini olib borish uchun
xizmat qiladi. Sex va bo’limlardagi asosiy vositalar inventar
kartochkalarning ro’yxati asosida hisobga olinadi. Bu ro’yxat quyidagi
namunaviy shaklga ega:
Dostları ilə paylaş: