Asosiy vositalar harakati hisobining kartochkasi
Hisobot
davri
Hisobot
davrining
1-kunida
mavjud
bo’lgan
asosiy
vositalar
Кeldi,
ham-
masi
Кetdi,
ham-
masi
Shu jum-
ladan eski-
rishi va
ishdan
chiqishi
natijasida
Eskirish
(yanvar
oyidagi
hammasi,
keyingi
oylar-dagi
o’z-garish
summalari
)
Tugalla
ngan
kapital
tuzatish
ga
ketgan
xara-
jatlar
Aprel
May
Iyun
135796
147247
162547
11450
18700
4500
3400
-
7000
-
2500
5500
6150
9500
10400
4050
3600
3250
Кvartalga
jami va
x.k.
X
34650 10400
8000
26050
10900
Bunday kartochkalar asosiy vositalar bo’yicha analitik hisobining
ma’lumotlarini sintetik hisobi ma’lumotlari bilan solishtirib tekshirish
uchun xizmat qiladi. Ular har yilning yanvaridan boshlab ochiladi. Dastlab
ularda asosiy vositalarning turlari bo’yicha 1 yanvarga mavjud bo’lgan
ob’ektlarning
qiymati aks ettiriladi, so’ngra har oydagi sodir bo’lgan
o’zgarishlar (oborotlar) aniqlanib, keyingi oyning boshiga mavjud bo’lgan
asosiy vositalarning summasi yozib qo’yiladi. Uning ma’lumotlariga
asosan asosiy vositalarning harakati to’g’risida jamlama qaydnomasi
tuziladi va ularning yakunlari bosh daftarlarning yakunlari bilan
solishtirilib, tekshirib chiqilgandan keyin asosiy vositalarning harakati
to’g’risidagi hisobot tuziladi.
Buxgalteriyada asosiy vositalar 0100 - «Asosiy vositalar» deb atalgan
invenatar schyotlarining guruhida dastlabki qiymatda hisobga olinadi.
Dastlabki qiymat sub’ektning ta’sischilari
tomonidan uning ustav
kapitaliga o’zlarining badallari sifatida topshirilgan ob’ektlar bo’yicha har
ikkala tomonning kelishuviga qarab, sub’ektning o’zida yoki boshqa
tashkilotlar va shaxslardan sotib olingan ob’ektlar bo’yicha esa shu ob’-
ektlarni qurish yoki sotib olishga ketgan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan
ularni keltirish, montaj qilish va o’rnatish xarajatlarining yig’indisiga
asosan baholanadi. Boshqa tashkilot va shaxslardan tekinga olingan hamda
davlat organlaridan subsidiya sifatida olingan ob’ektlarning
qiymati
ekspert tomonidan yoki qabul qilish-topshirish xujjatlarining
ma’lumotlariga qarab baholanadi.
200
Yuqorida eslatib o’tilgandek, asosiy vositalarni sotib olish manbalari
asosan sub’ektning o’z mablag’lari, chetdan jalb qilingan mablag’lardan
iborat bo’lib, ular ta’sischilar tomonidan sub’ektning ustav kapitaliga
badallar sifatida va boshqa tashkilotlardan tekinga olinishi mumkin. O’z
mablag’larining manbalariga asosiy vositalraning qayta tiklangan eskirish
(amortizasiyasi) summasi, 1992 yilgacha qurilgan va keltirilgan ob’ektlar
bo’yicha indeksasiyalashtirilgan amortizasiyasi
miqdorida hosil qilingan
Rеzеrv (rezerv), sub’ektning sof foydasi hisobidan yaratilgan
jamg’armadan va boshqalardan iborat.
Chetdan jalb qilingan mablag’larning manbalari esa bank kreditlari, har
xil yuridik va jismoniy shaxslardan olingan qarzlardan iborat bo’ladi.
0100-schyotlarning debetida sub’ektning mulki hisoblangan va lizing
ijarasiga olgan asosiy vositalarining har oyning boshiga bo’lgan qoldig’i
dastlabki qiymatda aks ettirilib, uning debetida
tegishli schyotlar bilan
korrespiondensiyalangan holda hisobot oyida sodir bo’lgan quyidagi
xo’jalik muomalalari aks ettiriladi:
0810-schyotining krediti bilan – hisobot oyidagi kapital qo’yilmalar
natijasida foydalanishga topshirilgan ob’ektlarning dastlabki qiymati;
4710-schyotining krediti bilan – ta’sischilar tomonidan sub’ektning
ustav kapitaliga o’z badallari sifatida kelishilgan qiymatda topshirgan
asosiy vositalarning qiymati;
8523-schyotining krediti bilan – tekinga olingan asosiy vositalarning
ekspert tomonidan belgilangan qiymati;
0820-schyotining kredit bilan – xususiylashtirilgan sub’ekt
asosiy
vositalarni kim oshdi savdosida sotib olib, kirimga olinishi;
8531-schyotining krediti bilan- ishlab chiqarish va noishlab
chiqarishdagi asosiy vositalarning balans qiymatining oshirilishi
/
qayta
baholanganda
/
;
0210-schyotning krediti bilan – joriy ijara bo’yicha ijarachi
tomonidan
qaytarilgan asosiy vositalarga, ijarachining kapital
qo’yilmalariga shu asosiy vositalar qiymatining oshirilishi va hokazolar;
0110-0190-schyotning krediti bilan asosiy vositalarning ichki
harakati yoki joriy ijaradagi berilishi;
0310-schyotning krediti bilan – ijarachi sotib olganda;
0840-schyotning krediti bilan asosiy
poda tashkil qilinganda;
0810-schyotining krediti bilan – vaqtinchalik foydalanish uchun
qurilgan ob’ektlarni foydalanishga topshirishda.
Dostları ilə paylaş: