foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin
qilinayotgan xarajatlarning miqdori umumiy baholanib (smetasi tuzilib)
so’ngra vaqt yoki ishlab chiqarishning hajmi asosida, vaziyatdan kelib
chiqqan holda, taqismlanadi. Asos bo’lib vaqt xizmat qilgan holda, har bir
oraliq davr uchun ta’mirlash va ishchi holatda saqlab turish xarajatlarining
taalluqli bo’lgan summasi aniqlanadi, taxmin qilinayotgan summa uchun
asosiy vositalar schyotida kontrschyot ochiladi. Joriy ta’mirlash va saqlab
turishning haqiqiy xarajatlari kontrschyotda aks ettiriladi.
Rekonstruksiya asosiy vositalarning ishchi potensialini oshirish uchun
zarur bo’lgan ma’lum bir xarajatlarni talab qiladi. Rekonstruksiya
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, tannarxni pasaytirish, xizmat
muddatini uzaytirish, mahsulotning sifatini yaxshilash uchun amalga
oshiriladi. Uskunaning ishchi holatini saqlab turish xarajatlari
rekonstruksiya emas, balkim ta’mirlashga taalluqlidir.
Rekonstruksiya o’z ichiga uskunaning bosh komponentini mutlaqo
yangi komponent bilan almashtirish jarayonini oladi. Masalan, eski tunuka
tomni yangisiga, olovga chidamli cherepisaga almashtirish, kemaga
yanada quvvatliroq dvigatelni o’rnatish, binoning elektr tizimini tubdan
o’zgartirish va hokazolar.
Rekonstruksiyaning zaruratiga olib keluvchi holatlar quyidagilardir:
1.
Dostları ilə paylaş: