O liy o'q u V yurtlarining arxitektura V a qurilish ta ’lim y o ‘n alish I talabalari uchun darslik


y j l 140002 + 0 ,75 • 750002 = 1 3 1 2 О О Н s m



Yüklə 37,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə227/301
tarix10.12.2023
ölçüsü37,71 Kb.
#139076
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   301
Materiallar qarshiligi (2) (2)

y j l
140002 + 0 ,75 • 750002 = 1 3 1 2
О О Н s m .
V alning izlanayotgan diametri
B ilim ingni sin ab k o ‘r
y o z i l a d i ?


XII BOB
YUKLARNING DINAMIK TA’SIRI
M avzu m azm uni. M azkur bobda inshoot yoki mashina qismlariga di-
namik yuklar t a ’sir etganda elementlarda hosil bo'ladigan kuchlanish va
deformatsiyalarni aniqlashga oid m a ’lumotlar bilan tanishamiz. Inersiya
kuchlari hisobiga qo'shim cha kuchlanishlar paydo bo'lganda elementning
mustahkamligi qay darajada о ‘zgarishini tekshiramiz.
12.1. Umumiy m ulohazalar
Y uklar inshoot yoki mashina qismlariga statik yoki dinamik ravishda 
ta ’sir etishi mumkin. Har ikkala holda ham materiallar qarshiligining asosiy 
m asalasini yechish, y a ’ni m aterialga b o g ‘liq holda k o ‘ndalang kesim
oMchamlarini tanlash masalasini hal etish talab etiladi. Avvalgi boblarda 
biz bu masalani statik yuklar ta ’siri uchun hal etdik. Mazkur bobda esa 
dinamik yuklar ta’sirini ko‘rib o ‘tamiz.
Eng a w a l dinamik yuk bilan statik yukni farqlab olish maqsadida bir 
oddiy misol keltiramiz. Aytaylik, m ashhur usta Mirjalol binoning yuqori 
qavatlaridan birida g ‘isht terayapti. Avval devorning g ‘isht teriladigan qis- 
miga astagina qorishma yoyadi, qo‘Iiga g ‘isht olib, uni o ‘z o ‘miga asta 
q o ‘yadi, yaxshiroq yopishsin deb g ‘ishtning ustiga kurakchasi bilan bir-ikki 
urib qo‘yadi. Shu oddiy jarayonni nazariy jihatdan tahlil qilsak, bu yerda 
ham statik, ham dinamik yuklarga duch kelamiz; qorishm aning devorga 
yoyilishi, g‘ishtning asta qo‘yilishi statik ta ’sir; kurakcha bilan urib qo'yilishi 
esa dinamik ta ’sir sanaladi. Sababi shundaki, qorishm a yoyish va g‘isht 
qo ‘yish harakatlarida tezlik o ‘zgarmas, tezlanish y o ‘q, y a’ni nolga teng. 
Tezlanish yo‘q yerda N ’yutonning ikkinchi qonuniga ko‘ra inersiya kuchi 
boMmaydi. Inersiya kuchi uyg‘otmaydigan ta ’sir statik ta ’sir yoki statik kuch 
sanaladi. Kurakcha g ‘ishtga urilganda uning tezligi ju d a qisqa vaqt ichida 
qirqiladi, bu esa o ‘z navbatida tezlanish uyg‘otadi. Tezlanishning massaga 
k o ‘paytmasi inersiya kuchini beradi. Misolni davom ettiramiz. Bexosdan 
g 'ish t ustaning qoMidan pastga tushib ketdi, deylik. Katta tezlanish bilan 
yerga tushgan gMsht parchalanib ketadi. GMshtni parchalagan kuch aynan 
inersiya kuchi boMadi. Yuqoridan tushib kelayotgan g ‘ishtning tezligi tobo- 
ra ortib boradi, bu esa o ‘z navbatida tezlanish uyg‘otadi. G ‘isht yerga 
urilganda tezlik nol, tezlanish esa maksimum boMadi. Maksimal tezlanish


esa maksimal inersiya kuchini vujudga keltiradi. G ‘ishtning yer sirtiga zarb 
bilan urilishi dinamik yuk sanaladi. Dinamik yukning miqdori gMshtning 
vazni bilan inersiya kuchining yig‘indisiga teng b o ‘ladi. Bunga o‘xshash 
misollarni m uhandislik amaliyotidan k o ‘plab keltirish mumkin. M asalan, 
k o ‘tarma kranda biror yuk o ‘zgarmas tezlik bilan ko‘tarilsa, uning trosga 
b o ‘lgan ta ’siri statik boMadi. Agar bu yuk m a’lum tezlanish bilan ko‘tarilsa, 
u holda ta ’siri dinamik boMadi. B ug1 mashinalari va ichdan yonar dvigatel- 
larning shatunlari ham o ‘zgaruvchan tezlik bilan harakatlanadi. Aylanuvchi 
qismga ega boMgan m ashinaning poydevorga boMgan ta ’siri ham dinamik 
yuk liisoblanadi. Tem ir beton qoziqlarni qoqib kiritadigan gurzi (molot) lar- 
ning zarbi ham dinam ik yuklar sirasiga kiradi va h.k. Mashinasozlik, samo- 
lyotsozlik va transport sohalarida dinamik yuklar, dinamik ta ’sirilar ostida 
ishlaydigan mashina qismi va elementlarni k o ‘plab uchratish mumkin. Mu- 
handis dinamik yuklar ta ’sirida ishlaydigan inshoot yoki mashina qismlarini 
hisoblashni bilishi lozim. Quyida aynan ana shular haqida gap boradi.

Yüklə 37,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin