tebranganida uning holatini belgilovchi geometrik param etrlar soni siste-
maning erkinlik darajasi deb ataladi.
«Sistem a» deganda sterjenli sistem alar, y a’ni inshootlar tushuniladi.
Dinamik hisoblash jarayonida inshootning dinamik hisoblash sxem asidan
foydalaniladi. Dinamik hisoblash sxemalarida inshoot massasi ayrim nuqta-
larga to ‘plangan yoki sistema bo‘ylab tarqalgan deb qaraladi. M assalam ing
qanday olinishiga qarab, sistemaning erkinlik darajasi turlicha b o ‘ladi.
V aznsiz prujinaga osilgan m massaning (12.5-rasm, a) erkinlik darajasi
birga teng, chunki uning holatini birgina parametr (y - koordinatasi) bilan
aniqlash m um kin. Xuddi shunday bir massali balkaning erkinlik darajasi
ham birga teng (12.5-rasm, b).
12.5-rasm, d va e larda erkinlik darajasi ikkiga teng boMgan sistem alar
tasvirlangan. T o‘planma (yigMq) massalar bikrligi cheksiz katta boMgan ster
jen ustida joylashgan boMsa, sistemaning holati sterjenning holati bilan belgi
lanadi. M asalan, 12.5-rasm, d dagi sistemaning erkinlik darajasi, massa va
prujinaning sonidan qat’iy nazar, birga teng boMadi. Chunki, m assalam ing
holatini sterjenning A tayanchi atrofida ogMsh burchagi bilan belgilash
mumkin.
Dostları ilə paylaş: