O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


 Tafovut qilish, farqlash usuli



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə11/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

1. Tafovut qilish, farqlash usuli. Agarda bir guruh kishilar o’rtasida kasallik
boshqa guruh kishilariga nisbatan ko’proq uchrasa va bu guruhlar bir-birlaridan
qandaydir biron bir ta’sir etuvchi omilning ko’p yoki ozligi bilan farq qilsalar shu
ta’sir etuvchi omil kasallikning ko’p tarqalishidagi asosiy sabab deb bilinadi.
2. O’xshatishlik usuli. Agar bir xil sharoitda bir nechta guruhlarda bir xildagi
kasallik uchrasa va bu guruhlarga umumiy bo’lgan biron bir omil mavjud bo’lsa,
Shu omilni kasallikning kelib chiqishidagi va tarqalishidagi sababiy omil deb
ataladi.
3. Tafovut qilishlik va o’xshatishlikning qo’shilgan usuli. Tafovut qilish va
o’xshatishlik usullarini muntazam va ketma-ket, o’zaro takqoslab ishlatilgandagina
aniq va ishonchli epidemiologik xulosaga kelish mumkin. Bunday holda dastlab
o’xshashlik usulini qo’llab epidemiologik hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin
bo’lgan ehtimoliy sabablar aniqlanadi, so’ngra shu sabablar tafovut qilish usuli
asosida batafsil o’rganilib, ba’zi bir guruhlarda bu sabablar yo’q ekanligi
isbotlanadi.
4. Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli. Ma’lum
vaqt oralig’ida kasallikni ko’payib yoki kamayib ketishi epidemik jarayonga ta’sir
qiluvchi birorta omil ta’sir kuchini ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liqligi
yaqqol aniqlansa, Shu omil kasallikni tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omil
yoki asosiy shart-sharoit deb bilinadi.
Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli shunday
paytda etarli darajada aniq bo’ladiki, qachon biror ijtimoiy yoki tabiiy omilning
o’zgarishini uzoq vaqt davomida kuzatib borilsa va shu davr mobaynida epidemik
jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarning ta’siridan mustasno bo’lsa.
5. Qoldiqlik yoki ortib qolgan sabablar ta’sirini o’rganish usuli. Bu usul
kasallik tarqalishiga bir nechta omillar ta’sir qiladigan paytda qo’llaniladi. Agarda
kasallik tarqalishini belgilovchi asosiy omillar ta’sirida kasallik qanday darajada
tarqalishi mumkin ekanligi ma’lum bo’lsa, ammo kasallik Shu omillar ta’siridan
ham ortiqroq tarqalgan bo’lsa, bu holda "ortiqcha" yoki "qoldiq" kasallik boshqa



23
biror omil ta’sirida paydo bo’ladi degan tuShuncha kelib chiqadi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin