tomonidan bemor (vibrion tashuvchi) bilan muloqotda bo’lish darajasi; umumiy
foydalanadigan
joylar
sanitariya
obodonlashtirilganlik
darajasi;
kasbiy
faoliyatining o’ziga xosligi va bu bilan bog’liq bo’lgan epidemiologik xavflar
hisobga olingan holda aniqlanadi.
2. Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda
bo’lganlarga ularninig manzili, ish joyi yoki o’qish joyi, muloqotning vaqti,
darajasi va xususiyati ko’rsatilgan holatda ro’yxati tuziladi.
3. Vabo bilan kasallanganlar (vibrion tashuvchilar) bilan oila sharoitida
muloqotda bo’lgan shaxslar; bemorlarning oila a’zolari; umumiy xojatxona,
oshxonadan foydalanuvchi kommunal kvartiradagi barcha yashovchilar; boshqa
doimiy bevosita muloqotda bo’luvchilar va yana bemor bilan bir xil zararlanish
xavfida bo’lganlar ajratib qo’yilishi kerak bo’ladi.
4. Bemor yoki vibrion tashuvchi bilan muloqotda bo’lgan oziq-ovqat sanoati
xodimlari va unga tenglashtirilgan kontingentlar albatta ajratib qo’yilishi shart.
5. Uydagi xo’jalik ishlarini qilish maqsadida ajratib qo’yilishi kerak bo’lgan,
oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan biri uyda qoldirilishiga ruxsat beriladi.
6. Bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining virulent (toksigen)
shtammlari ajratib olinganda ular bilan muloqotda bo’lgan, lekin izolyatorga
joylashtirilmagan shaxslar ustidan yashash (turar) joyi, ishlab chiqarish, o’qish
sharoitida va boshqa yerlarda 5 kun davomida uch martalik (dastlabki sutka
davomida) vaboga qarshi bakteriologik tekshiruv yo’li bilan; bemordan (vibrion
tashuvchidan) vabo vibrionining avirulent shtammlari ajratib olinganda esa 5 kun
davomida bir martalik bakteriologik tekshirish va antibiotiklar bilan profilaktik
158
davolash yo’li bilan tibbiyot nazorati o’rnatiladi.