MAVZU 15. A GEPATITNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
A gepatitning epidemiologiyasini, etiologiyasini, profilaktikasini hamda
epidemiologik nazoratini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti:
4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy mashg’ulot va mustaqil
ish kafedrada o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi shart:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va A gepatitning tasnifiy ahamiyati,
endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini.
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmlari va omillarini.
3.3. Epidemik jarayon ko’rinishlarini.
3..4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini.
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini va xavfli omillarini tahlil
qila bilishi kerak.
4.2. Epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil eta olishlari zarur.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazi bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. A gepatitga chalingan bemorlarning epidemiologik ahamiyati,
profilaktikasi.
6. Talabalar mustaqil ishi:
A gepatitga qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish.
Axborot uchun ma’lumot
A gepatiti - antroponoz, fekal-oral mexanizm bilan yuqadigan, keng tarqalgan
virusli kasallikdir.
Etiologiyasi. A gepatit virusi (AGV) o’z xususiyatlariga ko’ra enteroviruslar
turiga (enterovirus 72), pikornaviruslar oilasiga mansubdir, diametri 27 nm. A
gepatitning virusi antigenlik nuqtai nazaridan gomogen bo’lib, o’ziga xos yagona
antigen saqlaydi. Bu antigen kuchli immunogenlik xususiyatiga ega.
Virusning yuqori harorat, kislotalar, efirlar, dezinfeksiyalovchi vositalarga
chidamliligi uning tashqi muhitda uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlaydi.
Ayniqsa past haroratda virus bir necha oy, hattoki yillab saqlanishi mumkin.
Boshqa enteroviruslarga nisbatan xlor ta’siriga ham chidamli. Erkin xlor
konsentratsiyasi 0,5-1,5 M1/l bo’lgan (rN 7,0) eritmada 1 soat mobaynida saqlash
natijasida virusning to’liq zararsizlanishi kuzatilmaydi. Bu holat suv tozalash
inshootlari to’siqlari orqali virusning vodoprovod tarmog’iga tushib qolishini
161
ta’minlaydi. A gepatit virusi inson uchun odatdan tashqari yuqori patogenlik
xususiyatiga ega. Kasallikni yuqtirish, keltirib chiqarish uchun kam miqdordagi
viruslar kifoyadir.