O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə125/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Moyillik. B gepatitiga nisbatan aholi moyilligi umumiy, ya’ni organizmida
shu kasallikka nisbatan (maxsus) immuniteti bo’lmagan barcha shaxslar moyildir.
Immunitet esa o’tkir B gepatit asoratsiz intihosiga yetganida (postinfeksion
immunitet) va unga qarshi emlash natijasida (postvaksional immunitet) paydo
bo’ladi. V gepatit bilan og’rib o’tganlarning qayta kasallanishi juda kam kuzatiladi.
Epidemik jarayon ko’rinishlari. B gepatit infeksiyasining epidemik
jarayoni quyidagi ko’rinishlar bilan xarakterlanadi:
- barcha joyda tarqalganlik va notekis hududiy taqsimlanish;
- ko’p yillik dinamikada o’sish tendensiyasi;
- aholining turli yosh va ijtimoiy - kasbiy guruhlarning turlicha
zararlanganligi;
- surunkali infeksiyaga chalinganlar atrofida yakka o’choqlik shakllanishi;
- tibbiyot muassasalarida infeksiya yuqishining yuqoriligi;
B gepatit infeksiyasi barcha joylarda uchraydi, lekin uning tarqalish
darajasida hududiy tafovut yaqqol ko’zga tashlanadi. Muayyan joydagi epidemik
jarayon jadalligi haqida kasallanish ko’rsatkichlari aholi o’rtasida HBsAg va
tegishli antitelolarni aniqlash darajasiga qarab xulosa chiqariladi. Shularga
asoslanib yer yuzi uchta zonaga - B gepatit bo’yicha yuqori, o’rtacha va past
epidemiklikdagi hududlarga ajratiladi.
Yuqori epidemiklikdagi hududlarda (Janubiy -Sharqiy Osiyo, Janubiy Afrika,
Amazonka daryosi basseyni, Markaziy Osiyo, ayrim O’rta Sharq va Sharqiy
Evropa mamlakatlari) anamnestik yoki hozir kechayotgan B gepatit infeksiyasi
serologik markerlar 70-90%, jumladan HBsAg tashuvchiligi 8-20% aholida



168
aniqlanadi.


O’rta Sharq, Markaziy va Janubiy Amerika, ayrim Janubiy va Sharqiy Evropa
endemiklikdagi o’rtacha hudud bo’lib, serologik markerlar aniqlanishi 20-55%,
HBsAg  tashuvchilik 2-7%ni tashkil etadi.
Past endemiklikdagi hududlarga Shimoliy Amerika, G’arbiy va Shimoliy
Evropa, Avstraliya va qisman Janubiy Amerika mansub bo’lib, bu erlarda
serologik markerlar 20%, HBsAg 2% aholida aniqlanadi.
Jahonning ko’pgina mamlakatlarida o’tkir va surunkali B gepatit bilan
kasallanishning ko’p yillik dinamikasida o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Surunkali B gepatit o’sish tendensiyasi surunkali bemorlar to’planib borish
jarayonini aks ettiradi.
Aholining ayrim qatlamlari, yosh, ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida sun’iy
yoki tabiiy yuqish yo’llarining faol ta’sir etib turishi xatarli guruhlar shakllanishiga
sabab bo’ladi.
Infeksiyaning sun’iy yuqish xavfi retsipientlar, turli parenteral tibbiy
muolajalarni ko’plab qabul qiluvchi o’tkir va surunkali bemorlar, giyohvandlarda
yuqoridir. O’z kasb-koriga ko’ra ko’pgina tibbiyot xodimlari xatarli guruhga
mansub.
Virus-tashuvchi onalardan tug’ilgan chaqaloqlar, bolalarning yopiq
muassasalari tarbiyalanuvchilari, fohishalar va surunkali B gepatit infeksiyasi
o’chog’ida yashovchilar kasallikni tabiiy yuqtirish nuqtai nazaridan xatarli guruhga
kiritiladi.
Surunkali infeksiyaga chalingan bemorlar atrofidagi barcha oila a’zolari
epidemik jarayonga jalb etilib, kuchli va uzoq saqlanib qoluvchi oilaviy epidemik
o’choq shakllanishi mumkin.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin