O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə127/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Epidemiologik 
nazorati. 
Epidemik
jarayon
holati
va
rivojlanish
tendensiyasini dinamik baholash, kasallanishni va epidemiologik ahamiyatli
ob’ektlar holatini tahlil etish aholi o’rtasida B gepatit bilan kasallanishni
kamaytirish hamda xatarli guruhlar o’rtasida kasallikni oldini olish maqsadida
o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi tadbirlarni, ularni tashkil etish yo’llarini tanlash
va ilmiy asoslash imkonini beradi.
Profilaktik tadbirlarning ta’sirchanligi, samaradorligi, infeksiya manbai,
yuqish joyi va asosiy yuqish yo’llarini aniqlash imkonini beradigan kasallanishni
retrospektiv va operativ epidemiologik tahlili sifati bilan belgilanadi.
Retrospektiv tahlil uchun infeksiya tarqalganligini xarakterlovchi 10-15 yillik
ma’lumot va epidemiologik ahamiyatli ob’ektlar holati haqidagi ma’lumotlar zarur.



172
Har bir xatarli omilning ahamiyatliligini baholash uchun bemorlarni yosh,


ijtimoiy-kasbiy tarkib va boshqa qo’shimcha belgilar (donorlar, retsipientlar, 1
yoshgacha bolalar, surunkali bemorlar, homiladorlar, tibbiyot xodimlari va
boshqalar) bo’yicha tahlil etiladi. Tahlil jarayonida o’tkir va surunkali B gepatit
bemorlari bilan birga HBsAg "tashuvchilari" ham inobatga olinishi zarur.
Xatarli omillar bilan epidemik jarayon jadalligi o’rtasidagi sabab-oqibat
bog’lanishlarini aniqlash maqsadida kasallanishni tahlil etish natijalari davolash-
profilaktika muassasasining moddiy-texnik ta’minoti, epidemiyaga qarshi tartib-
talablarining bajarilishi sifati, tibbiyot xodimlari tomonidan dezinfeksiya,
sterilizatsiyadan oldingi ishlov va sterilizatsiya hamda tibbiy anjomlardan
foydalanish tartiblariga amal qilinishi haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslanadi.
O’tkazilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarning samaradorligini baholash
aholi va uning ayrim qatlamlari o’rtasida ko’p yillik kasallanish ko’rsatkichlari,
tendensiyasini tahlil etib amalga oshiriladi.
Retrospektiv epidemiologik tahlil natijalaridan muammoviy, mavzuiy reja
tuzishda foydalaniladi.
B gepatit bilan kasallanishning operativ epidemiologik tahlili asosiy ikkita
maqsadni ko’zda tutadi:
Epidemik jarayon omillari o’zgarishlarini o’z vaqtida aniqlash va baholash,
ularni noxush ta’sirlarini oldini olish;
Epidemik jarayon faollaShuvini tezda ilg’ab olish, uning sabablarini aniqlash
va bartaraf etish.
Operativ tahlilni joriy haftalik kasallanish darajasini "me’yoriy" (nazorat)
daraja bilan taqqoslab, amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O’tkir va surunkali V gepatit bemorlarining klinik-laboratoriya diagnostikasi,
hisob-kitobining o’z vaqtidaligi, to’liqligi, donorlarni tanlash sifati, qon quyish
muassasalarining epidemiyaga qarshi tartibi, xavfli guruhdagilar, homiladorlarni

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin