O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-tadbirlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə131/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Yuqish mexanizmiga qaratilgan chora-tadbirlar 

Qo’zg’atuvchilarni zararsizlantirish maqsadida xona shamollatiladi,


namlangan mato bilan tozalash o’tkaziladi. Idishlar, choyshablar, o’yinchoqlar
epidemiologik ahamiyatga ega emas.

Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar 

Qizamiq bilan og’rimagan va emlanmagan bolalar, bemor bilan muloqotda


bo’lgan bo’lsa, 17 kunga ajratiladi. Gammaglobulin olgan bolalar 21 kunga
ajratiladi. Agar bemor bilan muloqotda bo’lgan vaqti aniq bo’lsa, bolalar
inkubatsion davrning birinchi 7 kunigacha bolalar muassasalariga qatnashi
mumkin. Ularni muloqotda bo’lishning 8 kunidan boshlab ajratib qo’yiladi.
Maktabda qizamiq tarqalgan paytda kasallik bilan og’rimagan bolalarni
ajratish o’tkazilmaydi. Maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalarida qizamiq
tarqalgan holda, muloqotda bo’lgan guruhda qizamiqqa moyil bo’lgan bolalar
bo’lsa (qizamiq bilan og’rimagan va emlanmaganlar) 17 kunga, agarda
gammaglobulin olgan bo’lishsa 21 kunga ajratib qo’yiladi. Qizamiq bilan
og’rimagan va oldin emlanmagan bo’lsa, bemor bilan muloqotda bo’lgan 15
yoshdan katta yoshdagi kishilarga, hech qanday monelik bo’lmagan hollarda
shoshilinch tartibda qizamiq vaksinasi bilan emlash o’tkaziladi. Epidemik avj
olishlarni yo’qotish va qizamiqning shoshilinch ravishda oldini olish maqsadida



176
uyushgan jamoalarda (maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar va boshqa


o’rta o’quv muassasalarida) qizamiq bilan og’riganlik yoki vaksinatsiya
o’tkazilganligi haqidagi ma’lumotlar bo’lmagan taqdirda hamma muloqotda
bo’lganlarga shoshilinch vaksinatsiya o’tkaziladi. Shoshilinch profilaktika uchun
gammaglobulin yuborish, emlashga mone’lik bo’lgan hollarda faqat muloqotda
bo’lgan shaxslarga yoki emlash yoshiga yetmagan bolalarga ruxsat etiladi (gamma
globulinlar dozasi bolaning salomatligiga qarab belgilanadi hamda qizamiqli
bolalar bilan muloqotga kirishgan vaqtiga qarab belgilanadi). Bolalar
shifoxonalarida
muloqotda bo’lganlarga mushak orasiga 1,5-8,0 ml
gammaglobulin yuboriladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin