O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


b) Yuqish mexanizmiga nisbatan chora-tadbirlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə137/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

b) Yuqish mexanizmiga nisbatan chora-tadbirlar. O’choqda va
shifoxonada kundalik va yakuniy dezinfeksiya o’tkaziladi. Yakuniy dezinfeksiyada
kamerali usul qo’llaniladi. Uni shahar dezinfeksiya stansiyasi yoki tuman
DSENMning dezinfeksiya bo’limi o’tkazadi. Bemor turgan xona, undagi barcha
predmetlar 0,5%li xloramin eritmasi bilan zararsizlantiriladi va sovunli issiq suv
bilan yuviladi. Mebellar yumshoq vetosh bilan tozaladi. Idishlarni zararsizlantirish
uchun sovun-sodali (1% sovun, 1% soda) solib qaynatiladi. Yoki 1%li xloramin
eritmasiga 1 soatga solib qo’yiladi. Bemor va uning atrofidagilarning kiyimlari va
choyshablarini dezinfeksiya kameralariga yuboriladi.
Difteriyaning bitta o’chog’iga yakunlovchi dezinfeksiya uchun sarflanadigan
dezinfeksiyali eritmalar miqdori: xloramin 5-130g., dixlorizotsianur kislotaning
natriyli yoki kaliyli tuzi - 30 gr., sulfoxloratin - 30gr., nitral-390 gr., xlorlizin -130
gr. Bino va uning ichidagi anjomlarni zararsizlantirish uchun shulardan birortasi



182
qo’llaniladi.


v) Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar (bunda
bemorning yashash joyi, o’qish va ish joyidagi barcha muloqotda bo’luvchilar
e’tiborga olinadi).
Muloqotda bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bemor
yoki tashuvchi ajratib qo’yilgandan so’ng atrofidagilarga 7 kun davomida har kuni
termometriya va vrach ko’rigi o’tkazib turiladi, surunkali tonzilitga chalingan
odamlarni kasallik qo’zg’alish davrida 3 kunda bir marta otolaringolog vrach
ko’rigidan o’tkazish kerak.
Difteriyaga chalingan bemor yoki toksigen korinobakteriyasi tashuvchilik
hodisasi aniqlanganda bemor yoki tashuvchining yashash joyi, yotoqxonalar va
boshqa o’smirlar muassasalari, ish joyi kabilar bilan aloqa o’rnatish kerak.
Shuningdek qarindosh-urug’lari, do’stlari ham hisobga olinishi kerak. O’choqdagi
muloqotda bo’lganlarni aniqlashda mahalliy tibbiyot xodimlari va rahbariyat ham
ishtirok etadi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlar (guruh, sinf, uy, yotoqxona va
o’sha joydagilar) LOR kasalligi bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan
o’tkaziladi. Bu ishlarni bir hafta ichida tugatish kerak. Agar birinchi tekshiruvdan
(bakteriologik) keyin tashuvchilar aniqlansa, tekshirish davom ettiriladi.
Bakteriologik tekshiruv otolaringolog vrach ko’rigi bilan birga bo’lishi kerak. LOR
organlari surunkali kasalligiga chalingan bemorlardan olingan burun, tomoq
surtmalarni tekshirishga alohida e’tibor berish kerak.
Terisida zararlanishlar (furunkul, piodermiya, panaritsiy) bo’lganlar ham
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Barcha bakteriologik, serologik va boshqa
tekshiruvlar natijalariga asoslanib o’choq chegaralari aniqlanadi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin