O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)
Operativ epidemiologik tahlil Butun yil davomida o’tkaziladigan operativ epidemiologik tahlil emlash
chora-tadbirlari sifatini dinamik baholash, rejali laboratoriya tekshiruvlari,
bemorlarni tezda aniqlash va o’z vaqtida davolashni ko’zda tutadi hamda epidemik
o’choqlarda kasallanishning paydo bo’lish sabablari va sharoitini aniqlashga
yordam beradi. Epidemiolog davolash-profilaktika muassasalarida emlash sifatini
baholash va tekshirish ishlarini nazorat qiladi:
- emlashning oylik rejalari bajarilishi va o’z vaqtida emlash o’tkazish;
- emlash o’tkazishga nisbiy va mutloq tibbiy qarshi ko’rsatmalarning
asoslanganligi;
- emlash kartotekalarining olib borish va hisob kartalarida emlashni ro’yxatga
olib borish va bolalarning rivojlanish tarixida emlashning sanasi, nomi, uning doza
va seriya raqamlarining to’g’riligi;
- bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi haqida va emlashdan oldin
termometriya o’tkazilganligi haqidagi yozish ishlari;
- tekshirilayotgan davolash profilaktika muassasalaridan ushbu poliklinika
hududida yashovchi, bolalar muassasalariga qatnamaydigan, boshqa poliklinikalar
nazorati ostida bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;
- emlash asoratlar bergan paytida bolaga shoshilinch yordam ko’rsatish uchun
ishlatiladigan dori-darmonlarning borligi;
- emlash ishlari bo’yicha qo’llanmalarning bo’lishi;
- maxsus profilaktika masalalari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish.
Hududda difteriyani yo’qotish kerak bo’lib qolgan hollarda barcha
ahamiyatga ega bo’lgan kasallik o’choqlarini o’z vaqtida aniqlash va o’choqda
qo’zg’atuvchini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’tkazish.
O’choqni yo’qotish uchun o’sha epidemik o’choq hisoblangan uyushgan
jamoaning o’zidagina emas, balki butun aholi punkti, uning bir qismi yoki mumkin
bo’lgan o’choq chegaralari hududiga bog’liq ravishda, qo’zg’atuvchining tarqalish
omili aniqlanadi. Vaksinatsiya va revaksinatsiya muddatlari yetgan bolalar hamda
emlanmagan bolalar va o’smirlarga vaksinatsiya qilinadi. Hamma yuqish xavfi
bo’lgan 16 yoshdagi va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanmagan va emlash
ishlarini o’tkazishga qarshi ko’rsatmalari bor shaxslar ADM yoki ADS-M
anatoksini bilan emlanadi. Ana shunday immunizatsiyani yuqish xavfi yuqori
bo’lgan katta yoshdagilarga ham qilish mumkii, bunda emlash ishlari birinchi
navbatda quyidagalarga o’tkaziladi:
- yotoqxonada yashovchi shaxslarga;
- aholiga xizmat ko’rsatish sohalariga;
- o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalariga va xodimlariga;
- maktab xodimlariga, bolalar va tibbiyot jamoasi xodimlariga.