O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 20. GOSPITAL INFEKSIYALARNING EPIDEMIOLOGIYASI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə146/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

MAVZU 20. GOSPITAL INFEKSIYALARNING EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 

1 Mashg’ulotning maqsadi: Gospital infeksiyalarning epidemiologiyasi va


profilaktikasi bilan tanishish, bu kasalliklarda epidemiologik nazoratni tashkil
qilishni o’rganish.
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil
ish.
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Gospital infeksiyalarning umumiy tavsifi.
3.2.
Qo’zg’atuvchilarning
turli-tumanligi,
gospital
shtammlarning
shakllanishi, odamlarning kasallikka va bakteriya tashuvchilikka moyilligi.
3.3.Shifoxonada uchraydigan yiringli-septik kasalliklarning profilaktikasi va
nazorati.
3.4.Gospital infeksiyalarda epidemik jarayonning namoyon bo’lishi.
4.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1.Gospital infeksiyalarda epidemiologik nazoratni tashkil qilish.
4.2. Epidemiologik nazoratning turli darajalaridagi ishlari va axborot
almashinuvi.
4.3. Talaba gospital infeksiyalarda epidemiologik nazorat o’tkazish usullarini
bilishi kerak.
5.Ushbu mavzu bo’yicha talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
5.1. Talaba epidemik jarayon ko’rinishlarini tahlil qila bilishi, uning
rivojlanish sababi va sharoitlarini ocha bilishi, epidemiologik nazoratni tahlil qila
bilishi kerak.
b.Talabalarning mustaqil ishi.
6.1. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida shifoxonalarda namoyon bo’lgan
infeksiyalarning retrospektiv epidemiologik tahlili bilan tanishish.
6.2. Shifoxonada namoyon bo’ladigan kasalliklarning profilaktikasi bo’yicha
chora-tadbirlar rejasini tuzish.
6.3.Ushbu mavzu bo’yicha masalalar yechish.


Axborot uchun ma’lumot 

Shifoxonalarda kasallik yuqishi natijasida namoyon bo’ladigan yuqumli


kasalliklarga shifoxona ichi yuqumli kasalliklari (SHIYUK) deyiladi. SHIYUK
bilan kasallanish natijasida bemorlarning shifoxonada yotish muddati uzayadi,
bemorlarga sarflanadigan xarajatlar ko’payadi. Amerikalik olimlarning hisobiga
ko’ra SHIYUK bilan kasallanish bemorlarga sarflanadigan xarajatlarni yiliga 5-10
mlrd. dollarga oshirar ekan. JSST ma’lumoti bo’yicha SHIYUK bilan shifoxonaga
yotqizilganlar orasida o’lim darajasi, SHIYUK bilan kasallanmaganlarga nisbatan
10 barobar ko’p ekan. Shifoxona ichi yuqumli kasalliklarini obligat-patogen va



192
shartli-patogen mikroblar chaqiradi. Bu kasalliklarning asosiy sababchisi shartli-


patogen mikroorganizmlardir. Bular stafilokokk, streptokokk, esherixiya, viruslar
va boshqalardir. Shifoxonalarda uchraydigan shartli-patogen mikroblar 2 ga
bo’linadi: shifoxonadagi va shifoxona tashqarisidagi mikroblarga. Shifoxonadan
tashqaridagi mikroorganizmlar shifoxonadagi turli xil omillar ta’sirida o’z
xususiyatlarini o’zgartiradilar. Bu omillar quyidagilardir:
1. Antibiotiklarning keng qo’llanishi.
2. Shifoxonadagi bakteriya turlari va sonining ko’payib borishi.
3. Bemor immunitetining turli dori-darmonlar ta’sirida pasayishi.
4. Sanitariya rejimning buzilishi, bemorlarning tibbiyot xodimlari va tibbiy
apparatlar bilan muloqotining ko’payishi. Bular natijasida mikroblarning
shifoxonada joylashib qolishiga imkoniyat yaratiladi. Shifoxonalarda kasallik
yuqishi turli xil muolajalar natijasida ro’y beradi. Bunda bakteriyalar faqatgina
immuniteti past bo’lgan bemorlarda kasallik chaqirmasdan, balki immuniteti
yuqori bo’lgan bemorlarda ham kasallik chaqirishi mumkin.
SHIYUK qo’zg’atuvchilari geterogen bo’lib, ular vaqt o’tishi davomida
o’zgaruvchandir. Bu o’zgarishlar tez-tez bo’lib turadi, bunda mikroblarning ba’zi
turlari yo’qolib boshqa turlari paydo bo’ladi. Shuning uchun ularga qarshi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish uchun kasallik qo’zg’atuvchisining har bir turini chuqur
o’rganish kerak.
SHIYUK paydo bo’lishining asosiy sabablari 2 ga bo’linadi:
Ob’ektiv va sub’ektiv sabablar.
Ob’ektiv sabablar:
1 .Zamon talabiga javob bermaydigan shifoxonalarning mavjudligi.
2. Stafilokokk bakteriya tashuvchiligiga qarshi samarali chora-tadbirlarning
yo’qligi.
3. Shifoxonalarda bakteriologik laboratoriyalarning kamligi va ular faoliyati
samaradorligining pastligi.
4. Tibbiyotda va chorvachilikda antabiotiklarning keng ishlatilishi.
5. Mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamliligi oshishi.
6. Immuniteti past bo’lgan shaxslar sonining ko’payishi.
7. Tibbiy yordamga murojaat qiluvchilar sonining ortib borishi.
8. Operatsiyalar va tibbiy muolajalar turli xillarining ko’payishi va ularning
murakkablashuvi.
Sub’ektiv sabablar:
1. Vrachlar va o’rta tibbiyot xodimlari profilaktik choralarni qo’llashga
tayyorgarligining pastligi.
2. SHIYUKni o’rganish uchun amaliy qo’llanmalarning kamligi.
3. Sanitariya va epidemiologik nazoratning ko’ngildagidek emasligi.
4. Ayrim tibbiyot uskunalarini va apparatlarini sterilizatsiya qilish qiyinligi.
5. Bemorlar orasida va bemor bilan tibbiyot xodimi orasidagi muloqotning
ko’payishi.
6. Tibbiyot xodimlari orasida bakteriya tashuvchilikning mavjudligi.
7. SHIYUKni hisobga olish va hisobot berishning ta’minlanmaganligi.



193
8. Davolash muassasalarining o’rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan to’liq


ta’minlanmaganligi.
9. Tibbiyot asboblarini sterilizatsiya va dezinfeksiya qilish sifatining pastligi.
10. Shifoxonalarda SHIYUK namoyon bo’lishini o’z vaktida DSENMga xabar
bermaslik.
11. SHIYUK tarqalganligi haqida ko’pgina tibbiyot xodimlarining xabari
yo’qligi.
Oxirgi bir necha yil davomida tug’ruqxonalarda turli xil toksikoseptik va
yuqumli kasalliklar soni o’sib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan
tug’ruqxonalarni sanitariya texnik ahvolining yomonligi, akusher-ginekologlar,
chaqaloqlar pediatrlar, epidemiologlar, o’rta va kichik tibbiyot xodimlari
tug’ruqxonalarni tashkil etish, chaqaloqlarga shoshilinch tez yordam ko’rsatish
bo’yicha yetarli darajada tayyorlanmaganligi, sanitariya va epidemiologik hamda
dezinfeksiya rejimining saqlanmasligidir. Bundan tashqari tug’ruqqa yordam
muassasalari suv va kanalizatsiya bilan to’liq ta’minlanmagan, issiq suv yetarli
emas, chaqaloqlar, chillalik va tug’ayotgan ayollar steril materiallar bilan
ta’minlanishida uzilishlar bo’lib turadi.
Tibbiyot xodimlarining bakteriya tashuvchanlikka to’liq va o’z vaqtida
tekshirilmasligi, bakteriya tashuvchilarining ishdan chetlatilmasligi, profilaktik
tozalash ishlari sifatsiz va vaqtida qilinmasligi kabi omillar SHIYUK paydo
bo’lishiga va tarqalishiga sabab bo’ladi.
Tug’ruqxona havosida bakteriyalarning me’yoridan ko’pligi, u yerda
sanitariya va epidemiologik rejimning qo’pol ravishda buzilayotganini ko’rsatadi.
Epidemiologik tekshirishlarning ko’rsatishicha SHIYUKlarining asosiy
etiologik omili bo’lib shartli-patogen bakteriyalar hisoblanadi, kasallik
qo’zg’atuvchilarining manbai bo’lib chillalik ayollar va tibbiyot xodimlari
hisoblanadi.
Shartli-patogen bakteriyalarning shifoxonalarda tarqalishining omillari bo’lib
chaqaloqlar uchun tayyorlangan sterillanmagan suv, bog’lov materiallari, chillalik
va tug’uvchi ayollar hamda tibbiyot xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga
amal qilmasligidir.
Tug’ruq muassasalarida yuqumli va toksiko-septik kasalliklarining oldini
olish uchun yuqori tashkilotlar tomonidan mutaxassislarning ishchi guruhlari
tuziladi. Bu ishchi guruhlarga akusher-ginekolog, pediatr, epidemiolog, sanitariya
vrachi va yuqumli kasalliklar vrachi kiradi. Bu guruhlar tug’ruq muassasalarida
sanitariya, epidemiologik va dezinfeksiya rejimining bajarilishini kuzatib
borishadi. Bu rejimni buzish hollari sodir bo’lganda kasallikni yo’qotishga
qaratilgan shoshilinch choralar ko’rish kerak.
Tug’ruqxona tekshirilganda asosan ayollarni ko’rish xonasi, tug’ish palatalari,
chala tug’ilgan bolalar bo’limi, tuqqandan keyingi palatalar, bu xonalarning turli
asbob uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanganligi ko’riladi.
Har bir namoyon bo’lgan toksiko-septik, yiringli va yuqumli kasalliklarni
yuqumli kasalliklar ro’yxati jurnaliga qayd qilinib, DSENMga shoshilinch xabar
berish kerak, har oyda yuqoridagi tashkilotlarga hisobot berilishi kerak.



194
Tug’ruqxonalar tarkibida quyidagi xonalar bo’lishi kerak: tug’ish oldi


palatasi, tug’ish palatasi, chaqaloqlarni yuvish xonasi, kirlarni vaqtinchalik saqlash
xonasi, yo’ldoshni vaqtinchalik saqlash xonasi, tozalash buyumlarini saqlash
xonasi. Ikkita tug’ish zali bo’lganda, ular galma-gal ishlatiladi. Har bir zal 1-2 kun
davomida ishlatilishi kerak, so’ngra u yerda tozalash o’tkaziladi.
Tug’ish vaqtida ayolda sterillangan kiyim bo’lishi kerak, 1-marta
ishlatiladigan doyalik yig’masidan foydalanish kerak. Chaqaloqlar uchun
ishlatiladigan asboblar, pelyonkalar va boshqa materiallar ham steril bo’lishi shart.
Yangi tug’ilgan chaqaloqlar uchun palataning hajmi har bir chaqaloqga 3,0 m
2
,
chala tug’ilgan bolalar uchun 4,5 m
2
bo’lishi kerak.
Har oyda tug’ruqxonaning epidemiologik holati haqida tuman tibbiyot
kengashida axborot beriladi, topilgan kamchiliklar yuzasidan ko’rilgan chora-
tadbirlar tahlil qilinadi. Har bir namoyon bo’lgan toksiko-septik va yuqumli
kasallik haqida yuqoridagi tashkilotlarga xabar berish zarur. Tashkil etilgan ishchi
guruh tug’ruqxonalar ustidan nazorat qilib boradi, kamchiliklar topilganda tibbiyot
kengashida muhokama qilinadi va chora-tadbirlar ko’riladi, tug’ruq muassasalarini
profilaktik tozalash grafigi ishlab chiqiladi. Moslashtirilgan tug’ruq muassasalarida
profilaktik tozalash 2 oyda 1-marta yoki 3 oyda 1-marta o’tkaziladi. Buning
oldidan tug’ruqxona 7-kunga butunlay bo’shatiladi va chaqirtirilgan dezinfeksiya
brigada hamma xonalarning oynalari, devorlari, eshiklarini va boshqa joylarni
ishlovdan chiqaradi.
Shifoxonada yiringli kasalliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar paydo
bo’lishining asosiy qo’zg’atuvchisi patogen stafilokokkdir. Jarrohlik bo’limida
kasallik manbai bo’lib bemorlar va tibbiyot xodimlari orasidagi patogen
stafilokokk tashuvchilar va yiringli kasalliklar bilan og’riydigan bemorlar
hisoblanadi. Stafilokokk bakteriyasi quyosh nuri ta’sirida 4-5 soatdan keyin o’ladi,
turli kimyoviy moddalarga chidamsizdir, ular asosan havo-tomchi va muloqot yo’li
bilan yuqadi.
Shuning uchun operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olishning asosiy
yo’li bu sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini qo’llashdir. Bunda asosiy e’tibor
kasallik manbasini va yuqtirish omillarini zararsizlantirishga qaratilmog’i kerak.
Jarrohlik zallarida bakteriosid lampalar va bakteriosid filtr o’rnatilgan ventilyatsiya
bo’lishi shart.
Jarrohlik bo’limida havodagi bakteriyalar sonini kamaytirish uchun havo
tozalagichlar bo’lishi kerak. Yiringli va toza jarrohlik xonalari alohida bo’lishi
shart, bo’lmasa yiringli operaciyalar uchun alohida kun belgilanishi kerak.
Jarrohlar, jarrohlik hamshiralari va operatsiyada ishtirok etadigan barcha
shaxslar, jarroh xonasiga kirishdan oldin barcha kerakli sanitariya-gigiyenik
qoidalarni bajarishlari lozim, operatsiya uchun kerak bo’ladigan barcha uskunalar
zararsizlantirilgan bo’lishi shart. Ish latilgan uskunalar va bog’lov materiallari
alohida idishga yig’iladi. Yiringli va toza bog’lov xonalarini ajratish zarur, agar
bog’lov xonasi 1 ta bo’lsa, u holda yiringli bog’lovlar toza bog’lovlardan so’ng
o’tkaziladi, keyin esa xona va asboblar zararsizlantiriladi. Bog’lov xonalarida
ishlovchi vrachlar, hamshiralar xalat, maska va qalpoqlarini har kuni



195
almashtirishlari zarur, bog’lovdan so’ng qo’llarini zararsizlantirishlari shart.


Jarrohlik bloklari, operatsiyadan keyingi palatalar, bog’lov xonalari, reanimatsiya
bo’limi kuniga 2-marotaba dezinfeksiyalovchi suyuqlik bilan artilishi shart.
Jarrohlik bloki va bog’lov xonalarida haftasiga 1-marotaba umumiy tozalash
o’tkazilishi kerak.
Hozirgi vaqtda shifoxonalarda salmonellyozlar namoyon bo’lishi
kuzatilmoqda. Bu kasallik asosan bolalar shifoxonalarida, tug’ruq muassasalarida
namoyon bo’lmoqda. Bunga asosiy sabab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga
rioya qilmaslik va sanitariya-gigiyenik qoidalarni buzish hisoblanadi.
Shifoxonalarda salmonellyoz bilan kasallanishda asosan salmonella
tifimurium serovarining "Gospital shtammlari" chaqirmoqda. Bu serovar asosan
odamlar orasida maishiy-muloqot yo’li bilan tarqaladi, antibiotiklarga va
dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bo’ladi.
Salmonellalar shifoxonaga turli yo’llar bilan tushadi. Asosan shifoxonaga ich
buzilishi bilan kelgan bemor orqali, bolalarni parvarish qilayotgan onalar orqali
hamda tibbiyot xodimlari orqali tushishi mumkin.
Shifoxonaga tushgan bakteriyalar antibiotiklar va turli xil dezinfektantlar
ta’siriga chidamli shifoxonaning yangi shtammlariga aylanadi va ular maishiy
muloqot yo’li orqali boshqa bemorlarga tarqalishi mumkin. Bunda tibbiy
xodimlarning bemorlarni parvarish qilishga alohida e’tibor berish kerak. Tibbiy
xodimlar parvarish vaqtida salmonellalarni qo’llari, xalatlari yordamida
tarqatadilar, ya’ni bir bemorni ko’zdan kechirgandan so’ng qo’llarini
zararsizlantirmasdan boshqa bemorni parvarish qilishga o’tadilar. Bolalarni
parvarish qilayotgan onalar ham boshqa bemorlar bilan muloqotda bo’ladilar va
ular ham bakteriyalarni tarqatishlari mumkin.




196


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin