Brusellezni brucellalar guruhiga mansub bakteriyalar keltirib chiqaradi.
202
ta biotipdan iborat.
Brusellalar kichik o’lchamli, dumaloq, oval, ba’zan tayoqchasimon,
grammmanfiy bakteriyalardir. Ular ma’lum sharoitlarda L - shaklga o’tib
o’zgaruvchanlik xususiyatiga egadirlar. Past harorat va namli muhitga chidamli.
Suvda - 90, sutda - 10-16, pishloqda - 45-60, sigirlar siydigida - 4, go’ngda - 120,
nam tuproqda - 72, jun va terida 120 kungacha tirik qolishi aniqlangan. Musbat
60°S haroratda 30 minut, 80
0
S haroratda 5
minut mobaynida, qaynatilganda esa
shu zahotiyoq halok bo’lishi kuzatilgan. Odatdagi dezinfeksiyalovchi vositalar
ham brusellalarga halokatli ta’sir ko’rsatadi.
Epizotik va epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi
Ko’zg’atuvchi manbai turli qishloq xo’jalik hayvonlari, avvalo, qo’y-echkilar,
sigirlar, cho’chqalar hisoblanadi. Kasallangan hayvonlar ko’zg’atuvchisini sut,
siydik, najas va homila oldi suyuqliklari orqali butun kasallanish davri mobaynida
ajratib turishadi.
Brusellez infeksiyasining asosiy manbalaridan tashqari, turli tuyoqli yovvoyi
va
ovlanadigan hayvonlar, kemiruvchilar, qushlar hamda ularning ektoparazitlari
ham brusellalar bilan zararlanganliklari aniqlangan.
Ma’lum shart-sharoitlarda brusellalar biologik moslashgan obligat
xo’jayinlardan boshqa turdagi hayvonlarga ham migratsiya qilishlari mumkin. Bu
hol ko’pincha har xil turdagi hayvonlar aralash saqlangan yoki boqilganida
kuzatiladi. Br.melitensis turining qoramollarga migrasiyasi katta xavf tug’diradi.
Brusellez infeksiyasiga qorako’l qo’ylari eng beriluvchan hisoblanadi. Qo’ylar
orasida brusellez o’tkir
epizootiya shaklida kechib, ommaviy abortlarga sabab
bo’ladi. Shu davrda tashqi muhitga katta miqdordagi brusellalar ajraladi hamda
kasallangan hayvon bilan umumiy hududda joylashgan odamlar va hayvonlarning
kasallikni yuqtirishlari uchun qulay sharoit tug’iladi.
Chorvachilikda veterinariya xizmatiniig past saviyasi, hayvonlar o’rtasidagi
brusellezning o’z vaqtida diagnoz etilmasligi bu infeksiyaning chorva mollari va
ularga qarovchilar o’rtasida keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Qo’ychilik
xo’jaliklarida zararlangan va kasallangan
kishilar soni anchagina yuqori, bu hol
kasallik o’chog’i faolligiga bevosita bog’liqdir. Kasallik o’chog’i faolligi
tuShunchasi qo’zg’atuvchi turi va virulentligi, hayvonlarning zararlanganlik
darajasi, ulardagi kasallik klinik ko’rinishlari tabiati, ishlab
chiqarish sharoitlari
hamda xo’jalik tipini o’z ichiga oladi.
Infeksiyaning organizmga kirish darvozasi ovqat hazm qilish trakti,
jarohatlangan teri qoplamlari, nafas yo’llaridan iborat. Shunga ko’ra ishlab
chiqarish jarayonlari va maishiy sharoitlarga qarab infeksiya yuqishi alimentar,
muloqot va aspiratsion yo’llar bilan sodir etiladi. Ayniqsa, aralash yuqish yo’llari
katta ahamiyatga egadir. Qo’ychilik xo’jaliklarida muloqot yuqish yo’li
asosiy
hisoblanadi. Qo’zilatish mavsumida qo’ylarni parvarishlash, tug’dirish, qorako’l
qo’zichoqlarning terisini ajratish, jun qirqish, qo’ylarni so’yish va go’shtini
nimtalash jarayonlarida, ba’zan esa go’shtni yetarlicha pishirmasdam (kabob)
203
iste’mol qilinganida infeksiya yuqishi mumkin. Odatda kasallik mayda shoxli
mollardan yuqqanida nisbatan qisqa yashirin davr va klinik jihatdan
kasallanishning o’tkir boshlanishi kuzatiladi.
Qoramollar brusellez o’choqlarida esa alimentar va alimentar-muloqot yuqish
yo’llari asosiydir. Yetarlicha qaynatilmagan sutni iste’mol qilish, sigirlarni
parvarishlash, sog’ish, tug’dirish, molxonalarni tozalash jarayonlarida infeksiya
yuqadi, bu holda yashirin davr nisbatan uzoqroq va kasallik sekin rivojlanadi.
Ko’pincha sut-tovar fermalari xodimlari,
sut qabul qilish punktlari, sut zavodlari
ishlovchilari, shaxsiy sigir saqlovchilar hamda sut mahsulotlarini ko’proq iste’mol
qiluvchilar (masalan bolalar muassasalaridagilar) kasallanishadi.
Aralash tipdagi xo’jaliklarda qo’y-echkilardan Br.melitensis qoramollarga
migratsiya qilgan holatlarda kishilarning kasallanishi qo’ychilik xo’jaliklarigidek
tarzda kechadi.
Kishilarning brusellezga moyilliklari yuqori bo’lib, jinsga va yoshga bog’liq
emas, faqatgina qo’zg’atuvchisi qaysi turga mansubligi ahamiyatlidir. Qoramollar
brusellezi o’chog’ida kasallikni yuqtirganlarning 20 tadan 1 tasi, qo’y-echkilar
brusellezi o’chog’ida yuqtirganlarning esa barchasi kasallanishadi. Postinfeksion
immunitet odatda 6-9 oy davom etadi.
Dostları ilə paylaş: