Gelmintozlar parazitar kasalliklarning eng katta guruhini tashkil etadi. Ular
210
Sobiq Sovet Ittifoqida 1977-1987 yillar oralig’ida gelmintozlar 31,3%ga, Shu
jumladan askaridozlar 51,4%ga, trixotsefalyoz 48,2%, geminolipidoz 8,2%ga
kamaydi. O’zbekistonda 1965 yilgi ko’rsatgichlarga nisbatan askaridoz 5,3 marta,
teniarinxoz 5 marta, geminolipidoz 2 marta, trixotsefalyoz 8 martaga kamaydi.
Parazitar kasalliklarni kamaytirishda qo’lga kiritilgan yutuqlarga qaramay 1987
yilda Sobiq Sovet Ittifoqida 4,5mln. parazitar kasalliklar
bilan murojaat qilgan
bemorlar aniqlandi. Bu ko’rsatkich Shu yildagi virusli va bakteriyali kasalliklar
ko’rsatkichidan 1,5 marta ko’p edi. Gelmintozlar O’rta Osiyo, Qozog’iston va
Zakavkazeda ko’p
uchraydi, biroq O’zbekistonda enterobioz ko’p tarqalgan, bu
barcha gelmintozlarning 60%ni tashkil qiladi. Enterobiozdan keyin geminolipidoz
turadi (35%).
Parazitar kasalliklar ustidan o’rnatilgan epidemiologik nazorat kasallik haqida
axborot to’plash va xavfli omillar
dinamikasini baholashni, yashash sharoitlarini,
ma’lum hududdagi aholining kasallanishini o’rganishni,
profilaktik va
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar o’tkazish va ularni asoslashni o’z ichiga oladi.
Epidemiologik nazoratning asosiy maqsadi aholi o’rtasida parazitar
kasalliklar vujudga kelishining oldini olishdan iborat.
Epidemiologik nazorat parazitar kasalliklarda
ham boshqa kasalliklardagi
singari 3-ta asosiy qismdan yoki bosqichdan iborat:
a) kasallanganlar haqidagi axborotlarni to’plash,
b) epidemik jarayonga diagnoz qo’yish,
v) boshqaruvchilik ishlarini amalga oshirish.
Axborot bilan ta’minlash, zarur axborotni to’plash, uni mutaxassislar orasida
ratsional taqsimlash masalasini hal qiladi. Birlamchi axborot to’plash tuman
DSENMda amalga oshiriladi.
Epidemik jarayonga diagnoz qo’yish (retrospektiv va operativ epidemiologik
tahlil).
Dostları ilə paylaş: