1.
Opistorxoz,
212
klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi. Tekshiruv usullaridan Kato usuli ko’proq
qo’llaniladi.
2. Exinokokkoz va alveokokkoz. Ovchilar va ularning oilalari, veterinariya
ishchilari, itlar bilan Shug’ullanuvchilar, hayvonot bog’i ishchilari, qo’riqxona
xodimlari, cho’ponlar tekshiriladi. Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik va
epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha, qolganlari esa 3-5 yilda I marta tekshiriladi.
Tekshirish usullari: serologik, (RNGA) lateksagtlyutinatsiya reaksiyasi.
3. Teniarinxoz Tekshirish hayvonotchilik xo’jaliklarida ishlovchilar, ferma
ishchilari va ularning oilalari, go’sht kombinati ishchilari, oshpazlar o’rtasida,
yilda 1 marta o’tkaziladi. 1% va undan yuqori zararlanish bo’lgan aholi punktlarida
har yili 20 %dan kam bo’lmagan odamni gijjaga tekshirish kerak. Shifoxona va
ambulatoriya bemorlari esa klinik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi.
Tekshirish usullari:
a) aholidan so’rab bilish usuli, ya’ni gijjalar (proglottidlar) ajralayotganligini
so’raladi. Kato usuli.
6) hayvonotchilik xo’jaliklari ishchilari, go’sht kombinati, oshpazlarni so’rash
va anal teshigi atrofidan qirma olib tekshirish va Kato bo’yicha tekshirish.
4.Tenioz. Tekshirish cho’chqachilik xo’jaligi ishchilari va ularning oilalari,
umumiy ovqatlanish korxonalari ishchilari o’rtasida yilda 1 marta o’tkaziladi.
Epidemik o’choqda yashovchilar epidemik ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi (tenioz
topilgan o’choq).
Shifoxona va ambulatoriya bemorlari klinik ko’rsatma bo’yicha, ya’ni ularda
dispeptik holatlar, parazit bo’laklarining ajralishi, miya o’smasi, ensefalit,
epilepsiya, demensiya kabilar kelib chiqqanda tekshiriladi.
Tekshirish usullari: Perianal qirma usuli, so’rab bilish, Kato usuli, erkak
paporotniklar diagnostik degelmintizatsiya usullari (klinik ko’rsatma bo’yicha).
Bundan tashqari RNGA usuli ham qo’llaniladi.
5. Trixinellyoz. Tekshirish epidemik va klinik ko’rsatma bo’yicha bemorlarni
va trixinella bilan zararlangan cho’chqa, ayiq go’shti yeb qo’ygan odamlar ichida
o’tkaziladi.
Tekshirish usullari: Serologik RNGA BI EM antigeni bilan, klinik ko’rsatma
bilan mushaklar biopsiyasi.
Dostları ilə paylaş: