213
joylarning sanitariya holatini aniqlab sog’lomlashtirish ishlari olib borish kerak.
O’choqda doimiy nazorat o’rnatilishi kerak, har kvartalda bir marta pasportizatsiya
o’tkazish kerak. O’choqni 3-6 yilgacha kuzatib turish lozimdir. Aniqlangan
bemorlarni tezda degelmintizatsiya qilish va DSENM kuzatuvi ostida barcha
aholiga sanitariya chora-tadbirlar va profilaktik davolash o’tkazilishi kerak.
Intensiv o’choqlar, ya’ni zararlanish 80 % va undan yuqori bo’lgan joylarda
askaridozga qarshi kurash 3 bosqichdan iborat.
1-bosqich. O’choqda hamma aholini yilda 2 marta degelmintizatsiya,
birinchisi mavsum boshida (bahorning oxiri yozning boshlanishi) o’tkaziladi,
ikkinchisi esa zararlanish mavsumining oxirida (kech kuz, qishning boshlanishi)
qilinadi. Mavsum yakunida o’tkazishdan maqsad, mavsumda zararlanganlari
askaridadan ozod qilishdan iborat. Zararlanish 30%
dan kamayganda ikkinchi
bosqichga o’tiladi. O’rtacha intensivdagi o’choq uchun bu bosqich 1 -o’rinda
turadi.
2-bosqich. Bunda gijjalardan tozalash faqat kichkina epidemik o’choqlarda,
ya’ni 2-3 yil ichida koprologik tekshirishda hech bo’lmaganda bitta zararlangan
odam topilgan aholi punktlaridagina o’tkaziladi. Zararlanish 3-5%gacha
pasayganda uchinchi bosqichga o’tiladi.
3-bosqich. Bu bolalar jamoalari va boshqa aholi guruhlarini tekshirish, rejali
ravishda
oilalarni tekshirish, antisanitariya sharoitda yashovchilar va tibbiyot
muassasalariga murojaat qilganlarni tekshirish orqali askarida bilan zararlangan
odamlarni topish, zararlanganlar aniqlanishi bilan tezda gelmintlardan tozalash
o’tkaziladi.
Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi.
Shifoxona va
ambulatoriyaga tushgan askaridozga shubha qilingan bemorlar klinik ko’rsatma
asosida tekshiriladi.
Parnik (issiqxona), sabzavotchilik xo’jaligi, konserva zavodlari, sabzavot baza
va
magazinlar
tozalik
inshootlari
ishchilari,
yerni
o’g’itlash bilan
Shug’ullanuvchilarni, bog’cha bolalari, boshlang’ich sinf o’quvchilari, maktab,
internat,
bolalar uyi, chaqaloqlar uyida tarbiyalanuvchilarni har yili askaridozga
tekshirib turish kerak. Shuningdek 10% dan ortiq zararlangan aholi yashash
joylarida ham hammani har yili tekshiriladi. 1-10% zararlangan joylarda aholini 2
yilda bir marta tekshiriladi.
1. Ankilostomidoz. Bunda endemik hududlarda yashovchilarning hammasi bir
yilda bir marta tekshiriladi. Shaxta va yer ostiga ishga kirishdan oldin ishchilar
tekshiriladi, har yilda 1 marta. Tekshiruv usullari:
Fyulleborn yoki Kalantaryan,
Mori va Xoradening o’zgartirilgan shakldagi usullari qo’llaniladi.
2. Strongiloidoz. Klinik ko’rsatma bo’yicha shifoxona va ambulatoriya
bemorlari (strongiloidozli) 3 marta 1-2 kun oralab tekshiriladi. Epidemik ko’rsatma
bilan bemorning oilasi a’zolari va bemor bilan muloqot qiluvchi qo’ni-qo’shnilarni
(qishloqda 20-30 tagacha qo’shni hovlilar) tekshiriladi. Strongilioid lichinkalari
rivojlanishi uchun yaxshi sharoit bo’lgan joylarda ishlovchilar, shaxta ishchilari,
tunnel ishchilari, yer qazuvchilar ishga kirishdan oldin va yiliga 1
marta
tekshiriladi.
214
Tekshirish usullari: Berman usuli yoki uning o’zgartirilgan shakldagi usuli.
Dostları ilə paylaş: