O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə160/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Kontagioz gelmintozlar 

1. Enterobioz. Bunda bolalarni va bolalar muassasasi xodimlari, boshlang’ich


sinf o’quvchilari yiliga 1 marta tekshiriladi. Yotoqxona xodimlari, sport guruhi
a’zolari, basseynda suzuvchilar ishga kirishdan oldin tekshiriladi. Enterobioz bilan
zararlanishga tekshirish 3 marta 2-3 kun oralab o’tkaziladi. Agar birinchi
tekshirishdayoq bolalar guruhlarida 15 % dan ortiq ostrisali bolalar topilsa
tekshirish to’xtatiladi va hamma bolalar davolanishi kerak.
Tekshirish usullari: Enterobiozda axlatni mikroskopik tekshirish, so’rash,
pereanal qirma (soskob) usuli.
O’choq va mikroo’choqlar sog’lomlashganligining ishonchliligini tekshirish.
Kontagioz
gelmintozlarda
bolalar
muassasasida,
umumiy
ovqatlanish
korxonalarida yiliga 2 marta gijjalar tuxumiga tekshirish o’tkaziladi.
Sog’lomlashtirish chora-tadbirlarni o’tkazilishidan oldin zararlanish yuqori bo’lgan
joylardagi bolalar muassasalari va boshlang’ich maktabning biror guruhi har yili
tekshirib turilishi kerak. Sanitariya-gigiyenik chora-tadbirlar bilan bir vaqtda
medikamentoz davolash ham o’tkaziladi. Xonalarning pollari, eshik va uning
tutqichi, stullar, unitazning devorlari, bolalar gorshoklari har kuni yuvilishi kerak.
Binoni tozalashda ishlatilgan cho’tkalar, supurgi va chelaklarni qaynoq suv bilan
yuvib tozalanadi, lattalar esa qaynatiladi. Davolashning birinchi va oxirgi kunlari
binoni yaxshilab tozalash kerak, qaynatib bo’lmaydigan narsalar: gilam, jun
buyumlar ko’rpa-yostiq kabilarni toza nam latta bilak artiladi, ustiga nam material
qo’yib dazmollanadi va changyutgich bilan tozalanadi. O’yinchoqlarni qaynoq
suvda yoki sovun bilan yuviladi.
Yotoq anjomlarini alohida saqlash kerak. Tish cho’tkalarini yopiq joylarda
saqlash kerak. Bolalar jamoalarida enterobiozdan zararlanishni aniqlash va
sog’lomlashtiruvchi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish natijalari haqida
xizmatchi xodimlarga tuShuntirish ishlari o’tkaziladi.
Ota-onalar bilan enterobiozning oldini olish, oilada sanitariya-gigiyenik
tartibini saqlash haqida suhbatlar uyushtirilishi kerak va oiladagi enterobiozdan
zararlangan bolalarni aniqlashni tashkil etish lozim. Bolalar muassasalarining
tibbiyot xodimi va tarbiyachisi bolalarni shaxsiy gigiyenaga qanday rioya
qilayotganliklarini doimo kuzatishlari kerak.
1. Gijjalar tuxumini qalin surtmali Kato uslubi bilan aniqlash. Kato uslubi
qalin surtmaga glitserin tomchisi tomizib va uni yashil malaxitli kraska yordamida
bo’yash usuli bilan gijjalar tuxumini aniqlashga asoslangan. Kato usuli uchun
kerak bo’ladigan reaktivlar:
1. 2% yashil malaxit suvli eritmasi
2. Glitserin
3. 6% fenol eritmasi
4. Kato selofanli qoplagich plastinkasi
Kato aralashmasi: 6 ml 3% yashil malaxit suvli eritmasi 500ml glitserin, 300



215
ml 6% fenol eritmasi.


Kato plastinkasi: suv o’tkazmaydigan selofandan bo’lib va uni 20-40mm
kattalikda qirqish lozim. Qirqilgan plastinkalarni bir-birining ustiga qo’yib Kato
aralashmasiga solib qo’yiladi (3-5ml Kato aralashmasiga 100 ta plastinka).
24 soat o’tgandan so’ng plastinkalarni laboratoriya ishi uchun ishlatsa bo’ladi.
Tayyor plastinkalarni og’zi yopiladigan idishda xona haroratida 6 oygacha saqlash
mumkin.
Aniqlash usuli: 100 g. najasga suv qo’shmasdan kerak bo’lsa predmet
oynachasiga boshqa biror bir suyuqlik tomizish yo’li bilan va har bir najasdan
qo’yib chiqiladi va uning ustidan esa Kato plastinkasi bilan qoplab plastinka
ustidan yassi rezinka bilan najas oynachaning hamma joyiga bir xil joylashishi
uchun bosiladi. Tayyor bo’lgan preparatlar xona haroratida tiniqlashgunga qadar
va undan so’ng mikroskop yordamida har bir preparat ko’zdan kechiriladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin