O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Bezgak kasalligini aniqlash uchun



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə165/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Bezgak kasalligini aniqlash uchun 
laboratoriya tekshirish usullari 
1. Yupqa surtma usuli.
Surtma kasal odamning barmog’idan olingan qon tomchisidan tayyorlanadi.
Qon olishdan oldin to’rtinchi barmog’ining uchi spirt bilan yoki efir bilan
yaxshilab artiladi va quritilib, pastrog’idan mahkam siqib ushlanadi, sterillangan
nina yordamida (Frank ninasi, oddiy nina, po’lat pero) ishlatiladi. Nina sanchilgan
joydan chiqqan birinchi tomchi qonni spirt yoki efir bilan namlangan paxta
yordamida artiladi va keyingi tomchini predmet oynachasiga olinib, ikkinchi
oynacha yordamida birinchi oynaning yuzasiga tekis qilib yoyib chiqiladi. Keyin
surtma havoda yoki olov ustida quritiladi. Surtmani qotirish uchun Nikiforov
qorishmasida 15 daqiqa, metil spirtida 3 daqiqa ushlab turib quritiladi.
Surtma Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo’yaladi: Romanovskiy-Gimza
bo’yog’ining - tarkibiga azur, eozin va metilli ko’k qorishmasi kiradi.
10 ml. distillangan suvga (RN-0,8) bo’yashdan oldin 10 tomchi
Romanovskiy-Gimza bo’yog’i qo’shiladi va Shunda qotirilgan surtma 1 soat
davomida ushlab turiladi. 1 soat o’tgandan so’ng bo’yoq solingan idishdan olinib




223
yuviladi, toza suvda va havoda quritiladi. Quritilgandan so’ng esa mikroskop


yordamida tekshirib ko’riladi.
2. Qalin tomchi usuli.
Qalin tomchi usuli yupqa surtma usulidan tekshirilayotgan qonning hajmi
bilan farq qiladi.
Qalin tomchi usuli bilan tekshirish quyidagicha olib boriladi:
Predmet oynachasiga katta qon tomchisi tomiziladi yoki 2-3 mayda
tomchilarni bir-birining ustiga tomiziladi. Oynadagi qalin tomchini ikkinchi oyna
qirrasi bilan yoki shisha tayoqcha yordamida predmet oynasiga qalin qilib yoyiladi
va qotirmasdan quritishga qo’yiladi. Yo’g’on tomchi surtmasi quritilayotgan
vaqtda Petri kosachasi ostida quritilishi kerak, chunki unga har xil mayda
hashoratlar qo’nib ifloslashi mumkin. Yaxshilab quritilgan surtmaga 2-3 tomchi
distillangan suv tomizib 10-20 daqiqaga qoldiriladi va undan so’ng Romanovskiy-
Gimza bo’yog’iga 1 soatga solib qo’yiladi. Bir soat o’tgandan so’ng bo’yoqdan
chiqarib olib suvda yuvmasdan mikroskopda qaraladi. Mikroskop ostida parazit
qobig’i yaqqol qizg’ish-ko’k rangda ajralib ko’rinadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin