O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Kasallikka qarshi kurash choralari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə166/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Kasallikka qarshi kurash choralari 

Bezgakka qarshi kurash 3-ta yo’nalishda olib boriladi:


1. Kasallik manbaiga ta’sir qilish, avval odamlar va parazit tashuvchilarni
aniqlash va davolash.
2. Chivinlarga qarshi kurashish, chivinlarning tuxumlarini, lichinkalarini
yo’qotish.
3. Aholining chivindan saqlanishini ta’minlash, mexanik, kimyoviy
moddalardan foydalanish, aholi yashash punktlarini to’g’ri tashkil etish.
Belgilarini va parazit tashuvchilarni erta aniqlash va davolash profilaktikaning
asosi hisoblanadi.
Bezgak kasalligini aniqlash uchun harorati ko’tarilgan, talog’i kattalashgan,
anemiyasi bo’lgan har bir kasalning qoni tekshiriladi. Bunday tekshiruvlar asosan
mart-oktyabr oylarida qilinadi. Gemotransfuziyadan so’ng harorati ko’tarilgan
bemorlarni tekshirish faslga bog’liq bo’lmagan holda olib boriladi. Har bir kasal
aniqlanganda DSENM ga shoshilinch xabarnoma yuboriladi. Kasallik aniqlangan
joyda epidemiologik tekshirish vaqtida bu kasallik mahalliy yoki boshqa joydan
keltirilganligi aniqlanadi. O’choqda profilaktika ishlari olib boriladi. Bir vaqtning
o’zida kasallik aniqlangan oila a’zolarining hammasi tekshiruvdan o’tkazilishi
kerak. Agar mahalliy bezgak hodisalari kuzatilsa, shubhali bemorlar 1 oyda 2
marta laboratoriya tekshiruvidan o’tkaziladi. Bezgakka to’g’ri diagnoz qo’yish
katta ahamiyatga ega. Taxminiy diagnoz kasallikning klinik ko’rinishi va
epidemiologik anamneziga asoslanib qo’yiladi. Hal qiluvchi diagnoz qonda
plazmodiylarni aniqlanishiga asoslanadi.
Bezgakni davolashda quyidagi dori moddalaridan foydalaniladi: xloraxin,
xinin, akrixin, xloridin, bigumal, xinotsid, primaxin. Xloraxin, xinin, akrixin
shizotrop ta’sir qiladi. Plazmodiumlarni parchalaydi va harorat ko’tarilishi xurujini




224
to’xtatadi. Hozirgi vaqtda ko’proq xloraxin ishlatiladi. Ko’pgina davlatlarda


bigumal va xloridinga qo’zg’atuvchining chidamliligi aniqlandi. Tropik bezgakda
shizotrop dori moddalarini qo’llash og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning
uchun radikal davolash usuli qo’llaniladi. Bunga xloraxin, xinin, akrixininlarga
xinatsid yoki primaxin qo’shimcha qilinadi. Bezgak o’chog’iga boruvchilar doimiy
ravishda xloraxin yoki boshqa dori moddalarini iste’mol qilib turishlari kerak.
Kimyoviy profilaktikani epidemik o’choqqa jo’nashdan 2-3 kun oldin boshlash
kerak. Qaytib kelgandan so’ng esa 1 oy davom ettirish shart.
Bu preparatlarni istemol qilib turish, kasallikning batamom oldini oladi,
deyish noto’g’ri, kasallik yengil shaklda o’tishi mumkin. Masalan, bezgak kasalligi
o’chog’ida kasallikni yuqtirgan shaxslarda 2-4 yildan so’ng kasallikning klinik
belgilari namoyon bo’lganligi aniqlangan. Bezgak chivinlariga qarshi kurash
quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
1. "Antropogen" suv manbalari hosil bo’lishining oldini olish.
2. Chivinlarni yo’qotish.
3. Lichinkalarni yo’qotish.
Binolarda chivinlarni yo’qotish uchun insektisidlardan foydalaniladi. Bu
moddalar devorlarga surkaladi, bu 4-6 oy davomida ta’sir ko’rsatadi. Insektisidlar
yoppasiga, chegaralangan va mikroo’choqli qayta tozalashlarda ishlatiladi.
Yoppasiga tozalash deganda aholi punktlarining barcha binolari ishlovdan
o’tkaziladi (tozalash har kvartalda o’tkaziladi). Mikroo’choqli tozalash ishlari
kasallik aniqlangan binoda o’tkaziladi. Lichinkalarni kukunsimon zaharlar bilan
yo’qotiladi. Kichik ko’lmak suvlar yuza qavatiga kukun sepiladi. Yirik suv
manbalariga esa samolyotda kukun sepiladi. Samolyotdan foydalanishda aholi
yashash punkti bilan suv oralig’idagi masofa 8 km bo’lishi kerak. Chivinlardan
saqlanish uchun ochiq eshik qismlariga repellentlar (chivinlarni haydovchi
moddalar) surtiladi. Bezgakka qarshi kurashda aholi migratsiyasiga asosiy
e’tiborni qaratish kerak. Bunga misol aholi migratsiyasi ko’p bo’lgan hududlarda
bezgak ko’p uchrashi aniqlanganligidadir.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin