O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə18/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Epidemiologik tekshirishda quyidagi uslublardan foydalaniladi: 
a) Epidemiologik vaziyatni aniqlash, buning uchun ushbu kasallik haqida
mavjud bo’lgan hujjatlar o’rganiladi (DSENM da mavjud bo’lgan hujjatlar - uy
kartatekasi, bolalar muassasalaridagi yuqumli kasalliklar kartotekasi va yuqumli
kasalliklar daftari). Bu hujjatlar asosida turar joyda yoki ish joyida (bolalar
muassasasida) xuddi shu kasallik bilan ilgari kasallanish qayd qilinganligi yoki
yo’qligi aniqlanadi. Epidemiologik tekshirishning keyingi bosqichi kasallangan
kishidan so’rab ba’zi ma’lumotlarni to’plashdir.
b) Kasallik o’chog’idagi kasallangan va sog’lom kishilarni so’rab chiqish.
Ko’pincha bemorning ahvoli og’ir bo’lganda, yosh bo’lganda, kasallanib qolgan
kishining qarindoshlaridan, qo’shnilaridan, xizmatdoshlaridan va ba’zi boshqa
shaxslardan so’rashga to’g’ri keladi. Bu so’rashlar natijasida, tekshirilishi va
so’ralishi lozim bo’lgan shaxslar, ko’zdan kechirilishi lozim bo’lgan ob’ektlar,
laboratoriya tekshiruvlari hajmi, o’rganilishi kerak bo’lgan hujjatlar aniqlanadi.
So’rash qanchalik puxta bo’lmasin, u kasallik o’chog’ini ko’zdan kechirishning
o’rnini bosa olmaydi.
v) Kasallik o’chog’ini va atrof-muhitni ko’zdan kechirish. Tekshirilish
o’tkazilayotgan kasallikka ko’ra turli xil ob’ektlar ko’zdan kechiriladi. Masalan:
yuqumli ichak kasalliklarda suv ta’minoti inshootlari, suv idishlari, ovqat
tayyorlanadigan va saqlanadigan joylar, pashshalar borligiga e’tibor beriladi.
Zoonozlarda - hayvonlar va hayvonlardan olinadigan mahsulotlarga ahamiyat
beriladi.
g) Laboratoriya tekshirishlari natijasini o’rganish, kasallik manbaini topish
uchun, kishilar va hayvonlarni bakteriologik va serologik tekshirish zaruriyati
borligi va yo’qligini aniqlash katta ahamiyatga egadir.
d) To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib, kasallik o’chog’i, uning paydo
bo’lish sabablari, o’choqning chegaralari va uni tugatish yo’llari haqida ma’lum
xulosaga kelinadi.
Epidemiologik tekshirish natijasida to’plangan ma’lumotlar maxsus (№357
hisob shakli) epidemiologik tekshiruv kartasiga kiritiladi. Epidemiologik tekshiruv
kartasi hamma ma’lumotlar yozilishi lozim bo’lgan hujjat hisoblanadi. Kartalarni



29
chiroyli yozuvda to’ldirishga, kartadagi hamma bandlarga javoblar bo’lishiga,


ortiqcha qisqartmalar qilmaslikka ahamiyat berish kerak, chunki keyinchalik
boshqa shaxsning bu kartalar bilan ishlashi mumkinligi ehtimoldan holi emas.
Epidemiologik tekshiruv kasallik o’chog’ida bitta emas, bir nechta (bir guruh)
bemorlar uchragan holda olib borilsa, yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarga
qo’shimcha kasallik o’chog’ida sodir bo’lgan kasallanish dinamikasini o’rganishni,
epidemiologik belgilariga binoan, kasallik o’chog’ida uchragan kasalliklar
strukturasini tahlil qilishni ham taqozo qiladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin