35
5.1. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan asosiy chora-
tadbirlar.
5.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun qo’llaniladigan profilaktik
tadbirlar bilan epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar
o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay bilish.
5.3. Epidemiyaga qarshi kurashish kuchlari va vositalari.
5.4. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan dispozitsion va
ekspozitsion tadbirlar.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
6.1. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni,
bakteriya tashuvchilarni
aniqlash usullarini bilish, bemorlarni ajratib qo’yish va kasallik tarqalishini
cheklovchi chora-tadbirlarni amalda qo’llay bilish.
6.2. Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilarining manbaiga nisbatan
qo’llaniladigan chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni amalda qo’llay bilish.
6.3. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llariga
va yuqtirish omillariga
nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni amalda qo’llash.
6.4. Rejali va shoshilinch emlashning yuqumli kasalliklar profilaktikasida
tutgan o’rni va bunday emlashlarning kasalliklarni kamaytirishdagi ta’sirini
baholay bilish.
7. Talabalarning mustaqil ishi.
7.1. Ushbu mavzu yuzasidan axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruzalar va
adabiyotlar bilan tanishtirish.
7.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining sxemasini tuzish.
7.3. Epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini tuzish.
7.4. Tanlangan belgilarga asosan epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan
qo’shimcha tadbirlarni o’rganish.
7.5. Epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlari, epidemik jarayonning
rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga (infeksiya manbai,
qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi va o’sha kasallikka moyil aholiga)
bog’liqligini ko’rsatib berish.
7.6. Epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlar tizimini, yuqumli kasalliklarning
oldini olish va epidemiya o’choqlarini tugatish tadbirlarini aytib berish.
Dostları ilə paylaş: