QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI
DSENM
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi
YUKK
Yuqumli kasalliklar kabineti
RET
Retrospektiv epidemiologik tahlil
SSV
Sog’liqni saqlash vazirligi
FEKK
Favqulodda epidemiyaga qarshi komissiya
SHIYUK
Shifoxona ichi yuqumli kasalliklari
QVP
Qishloq vrachlik punkti
SNP
Sanitariya nazorat punkti
O’XYUK
O’ta-xavfli yuqumli kasalliklar
JSST
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
MSB
Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi
FAP
Feldsher-akusherlik punkti
6
UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA
MAVZU 1. EPIDEMIK JARAYON TO’G’RISIDAGI TA’LIMOT.
EPIDEMIK JARAYONNING OMILLARI VA RIVOJLANISH
MEXANIZMI
1. Maqsad:
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning asosiy mazmunini o’rganish,
shu bilimlar yordamida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarniig alohida guruhlarini
asoslab berish.
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat.
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1.Kirish.
3.2.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
a) Epidemik jarayon omillari.
b) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi.
v) Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
4. Xulosa.
5.O’quv savollari:
Epidemik jarayonning omillari.
a) Biologik omil epidemik jarayonning sababchisi sifatida. Kasallik
manbai (rezervuar) kasallik qo’zg’atuvchilarining tur sifatida tabiatda
saqlanishi uchun zarur yashash muhiti;
- obligat-patogen va shartli patogen kasallik qo’zg’atuvchilar qo’zg’atgan
antroponoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- kasallik qo’zgatuvchilar populyatsiyasining virulentlik bo’yicha
geterogenligi (xilma-xilligi) va xo’jayin organizmining kasallikka moyilligining
turli darajada bo’lishi kasallikning har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishini
ta’minlovchi omil sifatida (kasallikning o’tkir, surunkali, tipik va atipik
ko’rinishlarining epidemiologik ahamiyati);
- kasallikning turli davrlarida bemorlarning epidemiologik jihatdan
xavfliligi;
- yuqumli kasallik belgisiz kechadigan turlarining epidemiologik
ahamiyati;
- hayvonlarning odamlar uchun patogen bo’lgan obligat-parazitlari
qo’zg’atgan zoonoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- zoonoz kasalliklarda kasallik manbaining tavsifi;
- odamlar va hayvonlar uchun fakultativ parazitlar keltirib chiqargan
kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi.
b) Ijtimoiy omillar - epidemik jarayonni rivojlantiruvchi omil sifatida:
- turli guruhlarga taalluqli odamlar hayoti, mehnat faoliyatining
ahamiyati;
- aholi zichligi, turli yoshlardagi aholi guruhlari;
7
- migratsiya jarayonining ahamiyati;
- tibbiy xizmat darajasining ahamiyati;
- uyushgan jamoalarning tuzilishi va ularning ta’siri.
v) Tabiiy omillar:
- tabiiy omillarning (quyosh nuri, namlik, muhit) odamlar organizmi
chidamliligiga va kasallik qo’zg’atuvchilarning ko’payishi tezligiga bevosita
ta’siri;
- tabiiy omillarning (ob-havo, landshaft, muhit) epidemik jarayon
rivojlanishiga bevosita ta’siri.
6. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini ochib beruvchi nazariy
bilimlarning umumlashuvi.
a) L. V. Gromashevskiyning yuqish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi.
-
kasallik qo’zg’atuvchilarning "xo’jayin" organizmida asosiy
joylashishiga mos ravishda tuzilgan yuqish mexanizmi turlari;
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va unda qatnashadigan omillar;
- zoonoz kasalliklar bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tish
mexanizmining o’ziga xosligi;
- zoonoz kasalliklarning yuqish mexanizmi.
b) E. N. Pavlovskiyning tabiiy-o’choqli kasalliklar to’g’risidagi ta’limoti.
- tabiiy "antropurgik" o’choqlar degan tushunchalarni populyatsiya
nuqtai-nazardan tuShuntirish.
v) V. D. Belyakovning epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi
to’g’risidagi ta’limoti.
- epidemik jarayonda o’z-o’zini ichdan boshqarish mexanizmi;
- epidemik jarayonning rivojlanish davrlari (fazalari).
8. Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
a) Epidemik jarayon kuchini (epizodik va epidemik kasallanish, onda-
sonda uchraydigan kasallanish, epidemiya, pandemiya) ifodalovchi kategoriyalar;
b) epidemik jarayonning xududlar bo’yicha ko’rinishlari.
- antroponozlar va zoonozlar nozoareallarining o’ziga xosligi, global,
regional nozoareallar;
- yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni hududlar bo’yicha ifodalash
yo’llari;
- nozoareallarni ifodalovchi omillar.
v) Epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishi.
- epidemik jarayonning ko’p yillik o’zgarish bo’yicha namoyon bo’lishi;
- kasallanishning ko’p yillik epidemik tendensiyasini, epizodik
tebranishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar;
- kasallanishning yil davomida o’zgarishida epidemik jarayoning
namoyon bo’lishi;
- yillik, mavsumiy va birdaniga ro’y beradigan kasallanish darajalarini
yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar;
- epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishini ifodalash
usullari.
8
g) Epidemik jarayonning aholi har xil guruhlari orasida namoyon
bo’lishi.
- kasallanishning aholi guruhlari bo’yicha taqsimlanishida yosh, kasb-
kor, genetik, ijtimoiy va boshqa omillarning ahamiyati;
- kasallanishning aholi guruhlari orasida taqsimlanishini ifodalash
usullari.
9. Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
9.1. Epidemiologiya fani to’g’risidagi tushuncha.
9.2. Epidemik jarayon va uning o’zaro bog’liq bo’lgan uchta bo’limi,
yuqish mexanizmi, kasallikning tabiiy o’chog’i, epidemik jarayonning o’z-o’zini
boshqarish mexanizmi to’g’risidagi tushuncha.
10. Amaliy ko’nikmalar.
10.1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotni epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni asoslash uchun qo’llash.
11. Mustaqil ish.
Mustaqil ravishda ishlash uchun qo’llanmada keltirilgan axborotlarni
o’rganish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |