Epidemik jarayoning omillari
Epidemik jarayonning biologik omili - bu evolyutsion taraqqiyot natijasida
yuzaga kelgan parazit-qo’zg’atuvchi bilan xo’jayin-odam o’rtasidagi o’zaro
munosabatlardir, ya’ni biologik omil deganda parazitar sistema tushuniladi (bu
sistema asosida parazit va xo’jayin organizmi o’rtasidagi evolyutsion taraqqiyot
natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining yashashi va tur sifatida saqlanib qolishini
ta’minlovchi o’zaro munosabat yotadi). Odam organizmi antroponoz
kasalliklarning qo’zg’atuvchilar uchun asosiy yashash muhiti, zoonoz kasalliklarni
qo’zg’atuvchilari uchun esa hayvon organizmi, sapronoz kasalliklari
qo’zg’atuvchilari uchun tashqi muhit ob’ektlari asosiy yashash muhitidir.
Kasallik
manbai
evolyutsiya
jarayonida
tarkib
topgan
kasallik
qo’zg’atuvchilari uchun tabiiy yashash muhitidir. Kasallik qo’zg’atuvchilari
o’zlarining yashash faoliyati davomida odam organizmida va undan tashqarida o’z
yashash muhitlarini o’zgartirib turishadi.
Bosh (asosiy) yashash muhitini ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Hozirgi
zamon bilim darajasida odamlarda kasallik qo’zg’atuvchi parazitlarning 3-ta asosiy
yashash muhitlari tafovut qilinadi.
1) Odam - antroponozlar uchun;
2) hayvonlar - zoonozlar uchun;
3) tashqi muhit - sapronozlar uchun.
Parazitlar populyatsiyalari yashaydigan tabiiy muhitning tarkibiy qismlari: 1)
maxsus xo’jayinlar va tashuvchilar populyatsiyasi. 2) kasallik yuqishining maxsus
abiotik omillari. Parazit o’z hayoti davomida ikki davrni o’tadi: odam organizmida
yashash (oziqlanish, ko’payish) davri, o’z xo’jayinini almashtirish davri. Bu
davrlarsiz parazitlar yashay olmaydilar, chunki har qanday organizmning hayoti
chegaralangandir.
Antroponoz kasalliklarining qo’zg’atuvchilar bir xo’jayinli parazitlardir.
Odam organizmidan tashqarida kasallik qo’zg’atuvchilarning 2 kichik
guruhlari yashaydi: 1) hayvonlar parazitlari va saprofit tipida oziqlanuvchi
mikroorganizmlar, bular ba’zi hollarda boshqa hayvonlar va odam organizmiga
o’tib qolishlari ham mumkin. Bu guruhdagi kasalliklar zooantroponozlar deb
ataladi.
12
Ammo biologik tur sifatida yashash belgilariga qarab ular haqiqiy parazitlar
hisoblanadi. Ikkinchi guruhdagilar sapronozlar deb ataladi.
Epidemik jarayonda kasallik qo’zg’atuvchilarining asosiy xususiyatlari
ularning fenotipik va genotipik geterogenliklaridir. Ular virulentliklari bo’yicha,
antigenlik belgilari bo’yicha, ferment ajratishlari bo’yicha, antibiotiklarga
sezuvchanliklari bo’yicha xilma-xildirlar. Ekologiya nuqtai-nazaridan qaraganda
har xil guruhlar sistemasiga kiruvchi kasallik qo’zg’atuvchilarni (viruslar,
rikketsiyalar, bakteriyalar, spiroxetalar, zamburug’lar, gelmintlar) 4 guruhga
birlashtirish mumkin.
Obligat parazitlar, odamlar uchun shartli-patogen bo’lgan obligat parazitlar,
bular antroponoz kasalliklarini qo’zg’atuvchilar.
Odamlar uchun patogen bo’lgan, hayvonlarning obligat parazitlari.
Odamlar va hayvonlar uchun shartli-patogen bo’lgan fakultativ parazitlar,
bular zoonoz kasalliklarni qo’zg’atuvchilar. Odamlar uchun obligat patogen
bo’lgan parazitlar chaqirgan antroponozlarda kasallik manbai, ya’ni kasallik
qo’zg’atuvchilarning tabiiy yashash muhiti odam organizmi hisoblanadi. Bu holda
epidemik jarayon infeksiya bilan zararlangan odamlar zanjiridan iborat bo’ladi.
Infeksion jarayonning bu xil ko’rinishida kasallik manbaining epidemiologik
xavflilik darajasi organizmga tushgan qo’zg’atuvchilar soniga, virulentligiga va
odam organizmining chidamliligiga bog’liq bo’ladi.
Odamlar uchun obligat shartli patogen parazitlarga tegishli mikroorganizmlar
(esherixiyalar, klebsiellalar, stafilokokklar, difteriya tayoqchalari va boshqalar)
odamlarning doimiy yo’ldoshlari hisoblanadi va organizmning og’ir jarohatlar,
jiddiy jarrohlik muolajalari, leykemiya, nur bilan davolashlari oqibatida
chidamliligining pasayganligida kasallik chaqirishi mumkin. Sog’lom odamlar
o’rtasida ''normal" mikrofloralar almashilganda shartli patogen mikroorganizmlar
ham boshqa organizmga tushib ekzogen infeksiya chaqirishi mumkin.
Infeksiyalar, shartli patogen parazitlar, chidamliligi kamaygan organizmda
odatdagi joylashgan joyida patologik jarayon vujudga kelsa, endogen turdagi
infeksiya rivojlanadi yoki organizmning o’z mikroflorasi joylashgan odamdagi
joydan boshqa patologik jarayon yuzaga kelsa, autoinfeksiya turida bo’ladi.
Zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilar, hayvonlarning obligat parazitlari ko’p
xo’jayinli parazitlar hisoblanadi. Bunda bir turdagi hayvonlar kasallik
qo’zg’atuvchilarning asosiy manbai hisoblanadi. Boshqa turdagi hayvonlar esa
oraliq xo’jayin hisoblanadi, chunki bu hayvonlar organizmda parazitlar biologik
tur sifatida tabiatda saqlanib qololmaydi.
Epizootik jarayon hayvonlar orasida yuqumli kasallik tarqalishi uchun o’zaro
uzluksiz bog’langan zanjir bo’lib xizmat qiladi. Bunday hollarda asosiy manbadan
tashqari qo’shimcha manba ham bo’lishi mumkin. Qo’zg’atuvchilarning bunday
aylanish jarayonida ular odam organizmiga ham tushishi mumkin.
Bunday hollarda epidemik jarayon vujudga keladi. Shunday bo’lishiga
qaramay, ba’zan inson organizmi qo’zg’atuvchi uchun "biologik boshi berk
ko’cha" (tupik) sifatida, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchisi kasal kishidan sog’ odamga
o’ta olmaydi. Shuning uchun zoonozlarda epidemik jarayon bir-biri bilan
13
bog’lanmagan holda bo’lib, kasallik onda-sonda hayvonlardan odamga yuqishi
mumkin.
Ba’zi zoonoz kasalliklarda (o’pka touni, sariqlik isitmada), odam qo’shimcha
kasallik qo’zg’atuvchilar manbai hisoblanishi mumkin, chunki bunday hollarda
kasallik bemor odamdan sog’lom odamga o’tishi mumkin. Lekin bu holat o’tkinchi
bo’ladi, chunki qo’zg’atuvchilar tabiatda biologik tur sifatida uzoq vaqt yashay
olmaydilar. Bunday mikroorganizmlarga klostridiyalar, ko’pgina zamburug’lar,
meliodozlar, soxta tuberkulyoz qo’zg’atuvchilari va boshqalar kiradi. Bu
mikroorganizmlar ma’lum hollardagina kasallik chaqira oladi. Masalan, qoqshol
og’iz orqali yuqqanda kasallik chaqirmaydi, agarda qo’zg’atuvchi jarohatlangan
teriga tushsa kasallik keltirib chiqarishi mumkin.
Shunday qilib, fakultativ ko’zgatuvchilarning manbai bo’lib, tabiatda jonsiz
muhit (tuproq va boshqa), hayvon yoki odam organizmlari hisoblanadi.