O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə52/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Dezinfeksiya kameralari, ularning tiplari va qo’llash qoidalari. Ip
gazlama, jun, movut, charm va mo’ynali kiyimlarni, to’shak, yostiq, hayvon
mahsulotlarining ba’zi turlari (teri, jun, ot qili, to’ngiz qili va boshqalarni, eski-
latta va boshqalarni), kitoblarni zararsizlantirishda kamera usullarini qo’llash
maqsadga muvofiqdir, buning uchun maxsus qurilmalar va turli xil dezinfeksiya
kameralari mavjuddir.
Boshqa usullarga nisbatan kamera usullarining katta afzalligi bor, chunki
mikroblarning vegetativ va spora hosil qiluvchi turlari bilan zararlanganda
yuqorida ko’rsatib o’tilgan buyumlarni ishonchli ravishda zararsizlantirib ularni
dezinfeksiya qiladi.
Dezinfeksiya kameralarining turlari
Mikroblarga ta’sir etuvchi vositalarning xususiyatiga ko’ra dezinfeksiya
kameralarining uchta asosiy tipi farqlanadi:
1. Issiq havoli kameralar, bunda 80-105° haroratgacha isitilgan issiq havo
ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi.
2. Bug’ kameralari, bularda normal atmosfera bosimidan yuqori 0,5 -1 atm.
bosim ostidagi bug’ (bug’ning harorati 110-180°) ta’sir ko’rsatadi.
3. Bug’-formalinli kameralar, bunda normal bosim sharoitida bug’-havo
aralashmasi va kamerada formalin bug’lantirilganda yoki changlantirilganda hosil
bo’lgan formaldegid bug’larining birgalikdagi ta’siridan foydalaniladi. Vakuum-
bug’ formalin kameralarida suv bug’lari va formaldegid ta’sir ko’rsatadi, biroq
bunday dezinfeksiya siyrak havo sharoitlarida va 55 - 60°S atrofdagi haroratda
boradi (18-jadval).
18-jadval
Kameralarda zararsizlantirish tartibi 

Zarasizlantirish


turlari

Zararsizlantirish uslublari


Bug’
kameralari
Bug’ formalinli kameralar
Harorat
°S

Ta’sir etish


vaqti,
minut

Harorat


Forma
lin

Davomi
ligi.


Soat-
daqiqa



79
Dezinseksiya


80-85
5-7
57-58
-
0-30
Turli xil mikroblar
bilan zararlangan
(ifloslangan) kiyim-
kechaklarni
dezinfeksiya qilish:

Vegetativ turdagi


mikroblar
80-85

12-15
57-58


80

0-45


Sporali mikroblar
98
45
57-58
250
2-45

Ko’rsatib o’tilgan tipdaga dezinfeksiya qiluvchi kameralar tuzilishiga ko’ra


ko’chmas (turg’un) va ko’chib yuruvchi kameralarga bo’linadi. Ko’chmas
kameralar shifoxonalar, dezinfeksiya muassasalari va shunga o’xshash joylarda
ishlatiladi. Ko’chib yuruvchi kameralardan infeksiya o’choqlarini dezinfeksiya
qilish uchun kameralarni infeksiya o’choqlari joylashgan yerlariga olib kelib
foydalaniladi, dala sharoitlarida, ba’zan esa shifoxona, hammom va shunga
o’xshash yerlarda ko’chmas kameralar o’rnida ham foydalaniladi. Ko’chib
yuruvchi kameralarda dush qurilmalari ham montaj qilinishi mumkin.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin