Talaba quyidagi masalani yechishi lozim. Masalani yozma ravishdagi
90
MAVZU 7. PROFILAKTIK EMLASH. PROFILAKTIK EMLASHNI
O’TKAZISH UCHUN QO’LLANILADIGAN PREPARATLAR,
ULARNI QO’LLASH USULLARI
1. Mashg’ulotning maqsadi: Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan
dorilar bilan, ularni saqlash sharoitlari va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini
aniqlash qoidalari bilan tanishish. Emlashni kimlarga va qaysi paytlarda
o’tkazishni o’rganish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashg’ulot - 8 soat, Mustaqil ish
- 2 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Aktiv va passiv emlash qoidalarini, emlash uchun ishlatiladigan
preparatlarning turlarini va emlashni kimlarga o’tkazish kerak ekanligini o’rganish;
3.2. Emlashga doir bo’lgan ko’rsatma va qo’llanmalarni o’rganish;
3.3. Bolalarni profilaktik emlash jadvalini (SanPiN 0132-02), emlash uchun
ishlatiladigan preparatlarning tavsifnomasi mujassamlashgan jadvalni ish daftariga
yozib olish.
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1.
Epidemiyaga
qarshi
kurashish
chora-tadbirlari
tizimida
immunoprofilaktikaning tutgan o’rni. Emlash yo’li bilan boshqariladigan yuqumli
kasalliklar.
4.2. Aktiv va passiv emlash uchun ishlatiladigan preparatlar va ularni
kimlarga nisbatan qo’llash turlari.
4.3. Immunitet, immunitet turlari.
4.4. Vaksinalarning turlari.
4.5. Tirik vaksinalar, ularning olinishi, odam organizmiga yuborish usullari.
Vaksinal jarayonning kechishi. Immunitetning kuchlilik darajasi va davomiyligi.
Tirik vaksinalarning boshqa vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari.
4.6. Jonsizlantirilgan vaksinalar, anatoksinlar, ularning olinishi va umumiy
xossalari. Organizmga yuborish usullari. Shimdirilgan vaksinalarni oddiy
vaksinalarga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari.
4.7. Kimyoviy vaksinalar. Ularning olinishi. Kimyoviy vaksinalarning
afzalliklari, ularning hozirgi paytdaga qo’llanilish darajasi.
4.8. Immun zardoblar va immunoglobulinlar. Ularning olinishi. Umumiy
xossalari. Gomologik zardoblar va immunoglobulinlarniig geterologik zardoblarga
nisbatan afzalliklari. Passiv emlashning samaradorligi.
4.9. Bakteriofaglar. Ularning umumiy xossalari, qo’llanishga doir
ko’rsatmalar.
4.10. Vaksinalarni organizmga yuborish usullari. Zamonaviy texnik asboblar.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. Retrospektiv epidemiologik tahlil asosida emlash chora-tadbirlarining
hajmini aniqlay bilish va operativ epidemiologik tahlil natijalari asosida emlashni
o’tkazishni ta’minlash.
5.2. Immunoprofilaktikani o’tkazish uchun kerakli preparatlarni, ularning
yaroqliligini aniqlash.
91
5.3. Emlash uchun qo’llaniladigan texnika vositalari bilan ishlashni o’rganish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. Bakterial preparatlarning tashqi ko’rinishini o’rganish, idishlarini ko’rib
chiqish va ishlatishga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlash.
6.2. Emlashni o’tkazishga ko’rsatmalar va emlashga qarshi ko’rsatmalarni
o’rganish.
6.3. Vaksinalar qo’llanilishining zarurligini o’rganish. Ish daftariga jadval
tuzib, unga vaksinalarning tavsifini, emlash tartibini, organizmga yuborish
usullarini, miqdorini, immunitetning davomiyligini va vaksinalarni saqlash
sharoitlarini yozib chiqish.
6.4. Vaziyatga oid masalalarni yechish.
Dostları ilə paylaş: