O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)
Immun zardoblar. Ba’zi bir yuqumli kasalliklarga qarshi shoshilinch emlash
va ba’zilarini davolash uchun ishlatiladi. Bunday zardoblar asosan maxsus
emlangan hayvonlarning (otlar) qon zardobidan (geterogen zardoblar) ishlov berish
yo’li bilan va ma’lum kasalliklar bilan og’rib tuzalgan kishilar (donorlar) qonidan
(gomologik zardoblar) tayyorlanadi.
Immun zardoblar tarkibida patogen mikroorganizmlarni o’ldiruvchi va
ularning toksinlarini zararsizlantiruvchi antitelolar mavjud. Passiv immunitet
immun zardoblarni vena tomiriga yuborilganda darhol hosil bo’ladi, muskul
orasiga va teri ostiga yuborilganda esa 12-24 soatdan keyin hosil bo’ladi.
Geterogen zardoblarni qo’llashda ehtiyotkor bo’lish lozim. Avvalo organizm
sezuvchanligi aniqlanib keyin organizmga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi,
chunki sezuvchan organizmga Shunday zardobni qayta yuborganda keskin
umumiy reaksiyalar (zardob kasalligi, anafilaksiya, shok holati) bo’lishi mumkin.
Organizm sezuvchanligini tekshirish uchun teri orasiga dori yuborib ko’riladi.
Sezuvchanligi baland bo’lgan kishilarga faqat davolovchi vrach ishtirokida,
maxsus sxema bo’yicha, davolash maqsadida yuboriladi.
Odamlar qonidan tayyorlangan immun zardoblar (gamma-globulinlar) noxush
holatlarni keltirib chiqarmaydi va organizmdagi immunitet 3-4 hafta davom etishi
mumkin. Kichik shisha idishlarda rangsiz yoki biroz loyqasimon suyuqlik holatida
chiqariladi. Saqlash jarayonida sarg’ish rangga kirib qolishi mumkin. Harorati 4-
10°S bo’lgan sharoitda saqlanishi kerak, muzlashiga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Oddiy (normal) gammaglobulinlar donorlar, plasentar va abort qonlaridan -
infeksiyadan so’nggi yoki emlashdan so’ng hosil bo’lgan immunitetlari bor
kishilar qonidan tayyorlanib, qizamiqqa, poliomielitga, virusli gepatitga,
meningokokka va boshqa infeksiyalarga qarshi shoshilinch emlashda ishlatiladi.
Maxsus gammaglobulinlar u yoki bu yuqumli kasallikka qarshi maxsus emlangan
kishilar (donorlar) qonidan tayyorlanadi. Masalan: kanali ensefalitga qarshi
gammaglobulin,
gripp,
qoqshol,
stafilokokkli
infeksiyalarga
qarshi
gammaglobulinlar.