O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Davrlarni kattalashtirish usuli



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə70/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Davrlarni kattalashtirish usuli - bir-biriga yaqin ikki yillikning
ko’rsatkichlari qo’shilib, yig’indi ikkiga bo’linadi, natijada o’rtacha (O’) qiymat
hosil bo’ladi. Masalan, 18 yillik kasallanish tahlil qilinayotganda, yuqoridagi usul
bilan 9 ta o’rtacha (O’) ko’rsatkich hosil bo’ladi.O’rtacha siljish usuli bilan bir-
birlariga yaqin ikki yoki uch yillikning yig’indisini olib, uni yillar soniga bo’linadi.
Bunda, tanlab olingan vaqt orasidagi haqiqiy kasallanish ko’rsatkichi o’rtacha
arifmetik kattalik bilan aniqlanganligi uchun, olingan o’rtacha kattaliklar ichidagi



103
tasodifiy og’ishlar o’zaro bir-birlarini yo’qotadi. So’ngra davr bir kuzatishga


siljitilib, o’rtacha qiymatni hisoblash takrorlanadi, ya’ni o’rtacha, markazlashadi.
Ko’pchilik hollarda 2 yoki 3 yillik davrni tekislash yo’lidan foydalaniladi.
Eng kichik kvadratlar usuli universal qo’llanishga ega. Dinamik qatorniig
tekislanishi quyidagi funksiya u=a+vx bilan bajariladi, bunda "u" to’g’ri chiziqli
tendensiya ko’rsatkichi, ya’ni kasallanishning nazariy ko’rsatkichi, "a" -
kasallanishniig o’rtacha ko’p yillik sathi (o’zgarmas kattalik), "vx" - to’g’ri chiziqli
tendensiyani vujudga keltiruvchi va har bir tahlil qilinayotgan yil uchun
o’zgaruvchan kattalik. Bu usuldan foydalanilganda jadvalga eng kichik kvadratlar
usulini qo’llash qonuniga rioya qilinadigan holda olingan natijalar to’ldiriladi.
1. Tahlil qilinayotgan yil juft qiymatga ega bo’lsa, dinamik qator ikki teng
bo’lakka bo’linadi. Bunda qatorda o’rtacha qiymatga ega bo’lgan bir-biriga yaqin
ikkita ko’rsatkich namoyon bo’ladi. (Masalan: 18-9 va 10 hisob ko’rsatkichlari).
Bu o’rta qiymatlarga 1 deb raqam qo’yiladi. Keyingi ko’rsatkichlarga "1" dan ikki
tomonga qarab ortib boruvchi toq raqamlar qo’yiladi, ya’ni 3; 5; 7; 9; 11; 13.
Bunda raqamlarning yuqori qismi manfiy (-) quyi qismi esa musbat (+) ishorali
bo’ladi.
Toq dinamik qator tahlil qilinganda, o’rtadagi o’rinni egallagan ko’rsatkichga
"O" raqam qo’yiladi. "O" dan boshlab ikki tarafga ortib boruvchi 1; 2; 3; 4; 5; 6;
raqamlar qo’yib boriladi, bunda "O" dan yuqori qismi manfiy (-) quyi qismi esa
musbat (+) ishorali bo’ladi.
2. Bu sonlar (tahlil qilinayotgan yillarning raqamlari) kvadratga oshirilib
jadvalning keyingi bo’limiga yoziladi.
Bunday ko’paytmalarning yig’indisi aniqlab, jadvalning jamlovchi bo’limi
(∑x
2
) ga yoziladi.
3. Ko’rsatkich (u) ni o’zining raqami (x) ga ko’paytirib, har bir yil uchun
kasallanish ko’rsatkichining ko’paytmasi (ux) aniqlanadi va u jadvalning keyingi
bo’limiga yoziladi (o’zining ishorasi bilan). Bu bo’limning jamiga ko’paytma
yig’indisi (∑ux) ishorasini hisobga olib kiritiladi.
4. "v" kattalik quyidagi formula bilan hisoblanadi:
v=∑ux / ∑x
2

5. Quyidagi funksiya u=a+vx ga asosan har bir yil uchun to’g’ri chiziqli


tendensiya ko’rsatkichi hisoblanadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin