109
m - o’rtacha ko’p yillik ko’rsatkichning o’rtacha xatoligi. Bu quyidagicha
aniqlanadi:
m = √ U min x (100000 – U min) / n bunda
n - tekshirilayotgan davrdagi o’rtacha aholi soni.
Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xil baholash
Kasallanishning oylik o’sish sur’atini bir xilda baholash uchun tizim tasviri
(diagramma) dan foydalaniladi.
Chiziqli qutbiy diagrammaning afzalligi Shundan iboratki uning har bir
gradusiga (hammasi bo’lib 360°) yilning har bir kuni (365 kun) tahminan to’g’ri
keladi. Uni chizish uchun, yil davomidagi kasallanishning yuqori chegarasi
radiusning qiymati qilib olinadi.
Aylananing yuzi har 30° dan o’tadigan radial chiziqlari orqali 12 ta teng
bo’lakka bo’linadi va har bir radiusga oylarning tartib raqamlari belgilanadi.
Mediana ko’rsatkichlariga asosan har oydagi kasallanishning bir xil darajalari
radial chiziqlarda aylana markazidan ma’lum masofalarda ma’lum nuqtalar bilan
belgilanadi va Shundan so’ng ular to’g’ri chiziqlar bilan o’zaro tutashtiriladi.
Xuddi Shuningdek, mediana ko’rsatkichlarining ishonchli yuqori va quyi
qiymatlari ham belgilab chiqiladi. Bu ikkala chiziqlarning kesishish nuqtalaridan
faslga bog’liq va birdan paydo bo’ladigan kasallanishlarning boshlanish va
tugallanish vaqtlari aniqlanadi.
Aylana tashqarisida qolgan kasallanish darajalari fasliy ko’tarilish davriga,
aylana ichidagilari esa fasl orasidagi davrga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: