110
davrdagi mavjud umumiy ko’rsatkichni 100% qilib olinadi, namoyon bo’lish
shakliga qarab kasallanishning ulushi foizlarda tizimga sektor yoki pog’ona
ko’rinishidagi diagrammalarda ifodalanishi mumkin.
Epidemiologik belgilar bo’yicha aholi kasallanishini tahlil qilish uslubi
Yuqumli kasalliklar davriylik jadalligi epidemik jarayon profilaktika va
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarga bog’liq. Kasallanishning
davriy jadalligi
hududlar bo’yicha va aholining har xil guruhlari bo’yicha farq qiladi. Kasalliklarni
o’zgarish sabablarini o’rganish asosan, xavfli omillarni tahlil qilish, kasallanishga
bog’liq bo’lgan sabablar haqidagi farazlar tuzish har xil sharoitlarga bog’liq.
Kasallanish bilan bog’liq bo’lgan sabablar epidemiologik uslublar yordamida
o’rganiladi, sharoitlarning o’zgarishi esa statistik uslublar bilan o’rganiladi va bu
uslub miqdor va sifat jihatidan xarakterlanadi. Epidemik
jarayonda kasallanish
jadalligini o’rganish faqat xavfli omillarga emas, balki
alohida aholi guruhlariga
yoki joyga o’sha yerning shart - sharoitlariga ham bog’liq. O’sha aholi guruhi va
joyini aniqlash bu epidemik jarayonni o’rganishning asoslaridan biridir.
Kasallanishlarni o’rganishda xavfli omillarni, sabablarni o’rganishdan tashqari,
profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini ham
o’rganishda korrelyacion, dispersion va regression usullardan ham foydalaniladi.