122
marta ishga qabul qilinayotganlar, sog’lomlashtirish, davolash va bolalar
muassasalariga aholining dam olishi bilan bog’liq bo’lgan ishlarga kiruvchilar,
bolalar tarbiyalovchilarini tayyorlovchi o’quv muassasalariga kiruvchilar.
- Bemor va bakteriya tashuvchilarni erta
aniqlash uchun diagnozi
aniqlanmagan holda 3 kundan ortiq isitmalab yotgan shaxslar gemokulturaga
tekshiriladi. Bunda birinchi haftada 5,0 ml qon olinib 50,0 ml safroli bulyonga,
ikkinchi haftada 10,0 ml qon 100,0 ml bulyonga, 3-haftada 15,0 ml qon 150,0 ml
bulyonga ekiladi. Bakteriologik tekshiruv DSENM laboratoriyalarida o’tkaziladi.
- Bakteriya tashuvchilarni aniqlash uchun axlat, siydik, safro tekshiriladi.
Immunologik usul - bu qon zardobida passiv gemagglyutinatsiya
reaksiyasi
yordamida (RPGA) sisteinga chidamli antitelolarni aniqlash (qon barmoq yoki
venadan olinadi).
- oziq-ovqat korxonalariga yoki ularga tenglashtirilgan muassasalarga ishga
kiruvchilar orasida bakteriya tashuvchilarni aniqlash.
Yuqorida ko’rsatilgan muassasalarga ishga kiruvchilarga tekshiruv o’tkazish
serologik usul (sisteinli passiv gemagglyutinatsiya (RPGA)) va bir paytning o’zida
najas, siydik va safro suyuqligini bir marotabalik bakteriologik tekshirish o’tkazish
bilan boshlanadi. Tekshirish natijalari manfiy chiqqan shaxslar ishga qo’yiladi.
Natija musbat bo’lganlar ishga qo’yilmaydi, tashuvchilik turini aniqlash uchun
qo’shimcha tekshirish o’tkaziladi.
Qorin tifi va paratiflar bilan og’rib o’tganlar bakteriologik
yoki serologik
tekshirishlardan so’ng yana musbat natija bersalar (3 oylik nazoratdan keyin ham),
surunkali tashuvchilar deb baholanadilar va ro’yxatga olinadilar, ishga esa
qo’yilmaydilar.
Tekshirish haqidagi barcha ma’lumotlar shaxsiy tibbiyot daftarchasiga va
ambulatoriya kartasiga yozib qo’yiladi. Bemor aniqlanganda 058/u
shakldagi
shoshilinch xabarnoma to’ldiriladi va DSENMga jo’natiladi. Kasallik o’chog’i
epidemiologik tekshiriladi. 100% hamma bemorlar gospitalizatsiya qilinishlari
shart.
Shoshilinch xabarnoma (058/u) olingach DSENMda infeksion kasalliklarni
ro’yxatga olish 060 shakldagi daftarga ma’lumotlar qayd etiladi. Shifoxonalarda
ham xuddi shu shakldagi 060-shaklga qayd etish daftari mavjud.
O’choqda bemor bilan muloqotda bo’lgan barcha
kishilar najasini bir marta
bakteriologik, qon zardobini esa RPGAda tekshiriladi. Manfiy natija chiqsa,
tekshirish to’xtatiladi. Bakteriologik tekshirishda musbat natija chiqqanda
tashuvchilik xarakterini aniqlash uchun bakteriya tashuvchilar gospitalizatsiya
qilinadilar (5
marta najas va siydik, safro 1 marta, cisteinli passiv
gemagglyutinatsiya reaksiyasi). Barcha aniqlangan tashuvchilar (qorin tifi va
paratif tashuvchilari) kasbidan qatiy nazar DSENMda doimiy ro’yxatga olinadilar
(364/x. sh.).
Tashuvchilar yuqorida ko’rsatib o’tilganidek shartli ravishda 3 ta tabaqaga
bo’linadilar:
Dostları ilə paylaş: