O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə89/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Fagoprofilaktika. Ich-terlama va paratifga qarshi quyidagi hollarda
yoppasiga bakteriofag beriladi:
1) suv orqali tarqaladigan surunkali ich terlama va paratif epidemiyalarida;
2) sut va sut mahsulotlari orqali kasallik o’tkir epidemik avj olganda;
3) suv va kanalizatsiya tarmoqlarida avariya bo’lganda.
Bu hollarda bakteriofag 3-4 kunda bir marta beriladi, 1 maydan to 1 -
noyabrgacha. Bakteriofaglar yoppasiga qo’llanilishi kerak bo’lgan aholi tabaqasini
epidemiolog-vrach epidemiologik vaziyatni, infeksiyaning tarqalganlik darajasini
va qo’zg’atuvchining aktivligini, vaqtini hisobga olgan holda belgilaydi.
Surunkali suv epidemiyalarida faglashni kasallanishning ko’tarilishi davrida
o’tkazilishi tavsiya qilinadi. Ich terlama kasallanishi bo’yicha doimiy yuqori
ko’rsatkichlarda saqlanib kelayotgan hududlarda kasallanish ko’tarilishi davrida
surunkali bakteriya tashuvchilarga, ularning epidemiologik xavfliligini kamaytirish
maqsadida faglash o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Sanitariya-gigiyena qoidalari
qoniqarsiz ahvolda bo’lgan nosog’lom epid.holatli alohida muassasalarga yoki
jamoa orasida kasallanish hollarining oldini olish maqsadida yoppasiga faglash
o’tkazish tavsiya qilinadi. Bakteriofaglarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar yo’q.
Bakteriofaglarning har bir seriyasi ularning faolligini aniqlash maqsadida (lizis)
shu joydan ajratib olingan qo’zg’atuvchilar kulturasi bilan tekshirib ko’riladi.



128
Vaksinaprofilaktikaning samaradorligini aniqlash. Ich terlamada vaksina


profilaktikaning samaradorligini aniqlashda quyidagilar zarur:
1) emlanganlar va emlanmaganlar orasida kasallanishni aniqlash;
2) emlash ishlari yoki boshqa choralar natijasida aholi orasida kasallanish
hollari kamayganligi yoki yo’qligini aniqlash;
3) kasallanishning kamayganligi yoki o’sganligidan qatiy nazar emlash ich
terlamani bir qismining oldini olganligi yoki yo’qligini tekshirish;
4) vaksinani profilaktik samaradorligining yo’qligi emlash ishlarini noto’g’ri
rejalashtirish va amalga oshirish bilan yoki boshqa biron bir sabab bilan bog’liq
ekanligini aniqlash.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin