139
Shifoxonalarda salmonellyozlar bo’yicha epidemiologik nazorat sanitariya
epidemiologiya
xizmati
xodimlari
(epidemiologlar,
sanitariya
vrachlari,
ovqatlanish va kommunal gigiyenistlar, bakteriologlar) tomonidan hamkorlikda
olib boriladi, bunda epidemiologlar asosiy rol o’ynaydi.
Salmonellyozlar bo’yicha shifoxonalarda o’tkaziladigan
epidemiologik
nazorat o’tkazish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Diagnoz qo’yish, sistemali axborot.
2. Laboratoriya tekshirish metodlarini qo’llash bilan o’tkaziladigan sanitariya-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi tadbirlar ustidan nazorat olib borish.
3. Tashqi muhitda, shifoxonalarda salmonellalar ajralib chiqqanda etiologik
omillarni tasdiqlanishi.
4. Shifoxonalarda salmonellez aniqlanishi va kasallanish tahlillari
epidemiologik ishonch hosil qilingan holda baholanadi.
5. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni qayta ishlashni amalga
oshirish.
Yuqumli kasalliklarni ro’yxatga oluvchi
jurnalga salmonellez bilan
kasallanganlarni ro’yxatga olish va shifoxona ichidagi hodisalarni va zoonoz
infeksiya haqidagi ma’lumotlarni ro’yxatga kiritish.
Har oyda bo’lim boshlig’i va epidemiologlar bilan birgalikda ro’yxatga
olinayotgan kasalliklar tahlil qilinadi.
Bunda bemorlarning zararlangan joylariga qarab guruhlarga bo’lish.
1.Shifoxonalarda zararlangan.
2.Boshqa shifoxonalarda kasallikni yuqtirgan bo’lib, bu shifoxonalarga
o’tkazilgan.
3.Shifoxonadan tashqarida kasallikni yuqtirgan.
4.Shubha tug’diruvchi hollar.
Bu ma’lumotlar DSENMlarga yuboriladi.
Epidemiologik
tekshiruv
natijasi
qoniqarsiz
hollarda
shifoxonada
epidemiolog, klinitsist bilan birga kasallik
tarixini tahlil qilinadi, so’rab
surishtiriladi. Bolalar shifoxonalarida kompleks ravishda har kvartalda I marta
epidemiolog, kommunal va ovqatlanish gigiyenasi vrachlari tomonidan
laboratoriya tekshiruvlari olib boriladi. Agar epidemiologik
tekshiruv natijalari
qoniqarsiz bo’lsa, yana qo’shimcha ravishda kengaytirilgan hajmda bakteriologik
tekshirish o’tkaziladi.
Shifoxonada bundan tashqari bakteriologik laboratoriya bo’lib, oyiga 1 marta
shifoxona laboratoriyalari bilan birgalikda rejali tekshiruvlar olib boriladi.
Kompleks tekshiruvdan keyin bu bo’limning holatiga sanitariya-gigiyenik
xarakteristika
yoziladi, bunda ovqatlanish rejimini tashkil qilinganligi, oziq-ovqat
mahsulotlarining
saqlanishi, kir kiyimlarni qayta ishlash, dezinfeksiya rejimiga
rioya qilinishi qay ahvolda ekanligi ko’rsatiladi. Bolalar shifoxonasida sanitariya-
gigiyenik va epidemiyaga qarshi rejimini saqlashning
quyidagi chora-tadbirlari
ustidan nazorat olib boriladi.
1. Shifoxonalarga salmonellalarning bemorlar va xodimlar tomonidan olib
kirilishini oldini olish.
140
2. Infeksiya manbaini o’z vaqtida aniqlash.
3. Infeksiya tarqalishini oldini olish.
Tashqi muhitda bakteriologik nazorat o’tkazilganda havodan, oziq-
ovqatlardan, ichimlik suvlaridan sinamalar olinadi.
Salmonellezlarda
ajratilgan
salmonellalarning
serovarlari,
biovarlari,
serologik va kultural xossalari o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: