O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Ichburug’ kasalligining profilaktikasi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə108/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Ichburug’ kasalligining profilaktikasi 

DSENM talablariga ko’ra kasallik o’chog’ida sanitar-profilaktik chora-


tadbirlar o’tkaziladi. Suv manbalari, suv havzalari, quduqlarni yaxshilash,
hojatxonalarni tozalash, pashshalarni yo’q qilish hamda sanitar oqartuv ishlarini
olib borish.
Muayyan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda, aholining
ba’zi ijtimoiy-kasbiy guruhlari o’rtasida fagoprofilaktika o’tkaziladi. Bunda avvalo
mazkur bakteriofagning ajratilayotgan shigellalarni lizis qilish xususiyati
o’rganilishi va inobatga olinishi zarur.
1. Profilaktika maqsadida maktabgacha bo’lgan bolalar, bog’chagacha
bo’lgan bolalar, maktabgacha bolalar ovqatlanish korxonalarida ishlovchi
xodimlar, oziq-ovqat do’konlaridagi sotuvchilar, suv inshootlarida ishlovchilarga
hamda somatik shifoxonalarda bemorlarga 5 kun mobaynida 1 tadan tabletka
bakteriofag beriladi.
2. O’choqda epidemiologik ko’rsatmaga qarab maktabgacha bo’lgan bolalar
muassasalarida profilaktika maqsadida 3 kun ketma-ket sistemali ravishda
fagoprofilaktika o’tkaziladi.
3. Yotoqxonalarda, ovqatlanish korxonalarida kasallikning oldini olish
maqsadida 3 kun fagoprofilaktika o’tkaziladi.
4. Ichak o’tkir kasalliklari bilan og’rigan bemorlarga 2 martadan davolash
maqsadida 5 kun bakteriofag beriladi. Sog’lom 6 oydan 3 yoshgacha bo’lgan
bolalarga 1 tabletka, 3 yoshdan yuqori va katta yoshdagilarga 2 tabletka, 8
yoshdagilarga 2-4 tabletka.
Davolanib bo’lgan bolalar, bolalar muassasalarida va ovqatlanish
korxonalarida ishlovchi xodimlarga 5 kun davomida fagoprofilaktika o’tkaziladi.




149
MAVZU 14. VABONING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI 


VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI

Mashg’ulot maqsadi:


Vabo epidemik jarayonining rivojlanishi, respublikaga kirishining oldini
olishda ko’riladigan chora-tadbirlarni talabalarga o’rgatish.
Darsning davomiyligi: 4 soat.
O’tish joyi: epidemiologiya kafedrasi. Ushbu mavzu yuzasidan talabalar
quyidagilarni bilishi kerak.
1. Vabo epidemik jarayonining rivojlanish mexanizmi.
2. Vaboning respublika hududida tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar.
3. Chora-tadbirlarning samaradorligini aniqlash.
Talaba bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
- vabo epidemik jarayonining rivojlanishini tahlil qila bilish;
- vabo bilan kasallangan bemorlarni aniqlay olish va yuqori
tashkilotlarga axborot bera olish;
- SNP tuzilishida asosiy prinsiplarni bilish.
Mashg’ulot o’tkazish rejasi:
- kirish;
- vaboda epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, vaboning dunyoda
tarqalganligi;
- respublika hududini O’XYUK sanitariya muhofazasini tashkil etish;
- SNPlarni tashkil etish va ishlash prinsiplari.
Talabalarning mustaqil ishi:
- vabo aniqlanganda shoshilinch axborot yuborilishini o’rganish;
- ushbu mavzu bo’yicha buyruq, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan
tanishish.
Mashg’ulotning jihozlanishi:
- tegishli jadvallar, sxemalar, rasmlar.
Adabiyotlar:
1. Belyakov V.D. Epidemiologiya. 1989 y.
2. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02.
96-sonli buyrug’i.
3. O’zbekiston Respublikasida vabo kasalligining sanitariya-
epidemiologik nazorati haqidagi Nizom. Toshkent 1992 y.
4. Medinskiy G.M., Sergeev V.P. Epid.nadzor za xoleroy . 1989 y.
5. N.N.Jukov-Verejnikov, I.K.Musabaev va boshqalar. Vaboning klinikasi,
davosi va profilaktikasi. Toshkent 1966 y.
6. M.K.Usmanov. Epidemiologiya. 1995 y.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin