150
vibrio cholerae deb ataluvchi vibriondir. Yashirin davri 1-5 kun (ko’pincha 1-2
kun), kasallikning klinik ko’rinishi turlicha bo’lib, belgilarsiz kechuvchi vibrion
tashuvchilikdan to, keskin suvsizlanish va hayotiy
muhim organlar faoliyati
buzilishi bilan ifodalanadigan og’ir holatlar bilan kechishi mumkin. Hozirga kelib
vaboning 7 ta pandemiyasi qayd etilgan. JSST prognozi bo’yicha vaboning 8-chi
pandemiyasi ham boshlangan. Shu jumladan O’zbekistonda ham endemik
o’choqlar yuzaga keldi.
Vabo vibrioni odam organizmiga og’iz orqali, ifloslangan suv yoki oziq-ovqat
mahsulotlari orqali kelib tushadi. Vabo kasalligi kechishining oxirgi darajasi,
vibrion virulentligiga, organizmga tushgan
miqdoriga va organizmning
qo’zg’atuvchiga nisbatan moyilligiga bog’liqdir. Vibrionning yuqish miqdori
yuqori bo’lib, me’daning barerlik faoliyatida bu ko’rsatkich 10 dan 100
milliardgacha mikrob soniga teng bo’lishi mumkin, me’da shirasi kislotalik
ko’rsatkichining
pasayib ketishi, me’da shirasi ishlab chiqarilishining bir xilda
bo’lmasligi va kuchaygan peristaltika bilan kechuvchi oshqozon-ichak trakti
kasalliklarida:
spirtli
ichimliklarni
suistemol
qilish
natijasida, me’da
rezeksiyasidan so’ng mikroblarning oshqozondan halokatga uchramasdan hayot
faoliyati saqlangan holda ingichka ichakka o’tish ehtimolligi keskin ortadi. Bunday
bemorlar uchun vibrion yuqish dozasi yuz ming martabagacha kamayadi va bir
million mikrob soniga yaqin bo’ladi. Bunday shaxslar boshqalarga nisbatan vabo
bilan ko’proq kasallanishadi va ularda kasallik og’irroq o’tadi.
Ingichka ichak distal bo’limiga tushgan vibrionlar
shilliq qavatga yopishib
olib (adgeziya) tezda ko’payishadi va ko’p miqdorda vabo toksini hosil qiladi.
Vabo enterotoksini (xolerogen) organizmning suvsizlanish - degidratatsiyasi va
elektrolitlar balansi buzilishiga olib keluvchi o’tkir diareya rivojlanishiga sabab
bo’ladi. Epidemik zonalardan tashqaridagi ayrim
mamlakatlarda ikkilamchi
o’choqlarning shakllanishi El-Tor vibrionining klassik vabo qo’zg’atuvchisidan
farq qilib, faqat tropik mamlakatlardagina emas, Shu bilan birga subkontinental va
kontinental iqlim sharoitida ham tashqi muhit ob’ektlarida uzoq vaqt saqlana olishi
va tez ko’paya olish xususiyati bilan tuShuntiriladi.
Hozirgi zamon mualliflari Hindiston va Pokistonda El-Tor vabosi tarqalishiga
bu yerdagi har xil suv havzalarining zararsizlantirilmasligi xavfsiz suv
manbalaridan
olinuvchi
suv
bilan
ta’minlanganligini
sabab
deb,
Gromashevskiyning o’z - vaqtida «vabo vibrionlari iflos suvlardan foydalanganda
yuqadi» - deb aytgan fikrini tasdiqlashmoqda. Vaboning epidemiologik xususiyati
ko’p tomondan qo’zg’atuvchining o’zgaruvchanligi va ekologiyaga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: