151
prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili
hozircha aniq ko’rsatilmagan. Sakkizinchi pandemiya Bengal-O -139 shtammi
bilan boshlangan 1996—97 yillarda bemorlar soni 1 mln.dan oshib ketdi. Asosiy
epidemiya Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Pokiston,
Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi.
U yoki bu mamlakatga infeksiya qo’zg’atuvchisi o’tishi
natijasida vaboning
epidemik avj olishi va bunda epidemiyalarning oldini olishga faqat tibbiy chora-
tadbirlar yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga erishish uchun yirik ijtimoiy va
kommunal o’zgartirishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Hatto qoniqarli
sanitariya - gigiyena holati va yaxshi sanitariya sharoiti mavjud bo’lgan
davlatlar
ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan kafolatlanmagan.
Infeksiya manbaiga nisbatan olib boriladigan chora-tadbirlar vabo bilan
kasallanganlarni aniqlash
1. Barcha uyushgan jamoalarda, har bir korxona va muassasalarda tibbiy
yordam ko’rsatishning barcha bosqichlarida ichak faoliyati buzilgan va qayt
qilayotganlar faol aniqlanadi.
O’tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasi yuqori bo’lgan va
sanitariya-gigiyena ta’minoti qoniqarsiz bo’lgan hududlarda esa hovlima -hovli
aylanib chiqish yordamida aniqlanadi.
2. Epidemiologik noxush vaziyatlarda hovlima-hovli aylanib chiqish,
uchastka tibbiyot tarmog’i kuchlari sanitariya faollari, tibbiyot institutlari va bilim
yurtlari talabalarini jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun vrachlik
uchastkalari (aholi soni 500 dan qishloq joylari va xususiy uylar qurilgan hududlar
uchun) 1000 tagacha bo’lgan (ko’p qavatli uylar qurilgan hududlar uchun)
mikrouchastkalarga bo’linib har bir uchastkaga bitta tibbiyot hamshirasi va to’rt-
besh sanitariya faollari yoki tibbiyot institutlari talabalaridan iborat bo’lgan brigada
biriktirilib qo’yiladi, ular bemorlarni aniqlash bilan
birgalikda turar joylar va
hojatxonalarning sanitariya holati ustidan nazorat olib borishadi, Shu vaqtning
o’zida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi.
3.
Qabulxonalarga,
maxsus
tartibli
muassasalarga,
psixonevrologik
shifoxonalar va dispanserlarga, davolash mehnat
profilaktoriyalarga qabul
qilinganlar orasida ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemorlarni faol
aniqlash.
4. Uyushgan jamoalarda, korxona va muassasalarda tibbiyot nazorati va
kundalik so’rab-surishtirish ishlari tibbiyot xodimlari
va sanitariya faollari
tomonidan amalga oshiriladi.
5. Aniqlangan har bir ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemor haqida
gospitalizatsiya qilish uchun belgilangan tartib bo’yicha tibbiy tez yordam
ko’rsatish stansiyalariga yoki dezstansiyaga xabar qilinadi,
sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlariga shoshilinch xabarnoma yuboriladi.
6. Bemorlarni faol aniqlash to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni Shu hududdagi
poliklinikaga yuborilib turiladi, u yerda esa xizmat ko’rsatish uchastkalari bo’yicha
152
sutkalik ma’lumotlar DSENMga yuboriladi, DSENM esa uchastkalarda bir sutka
davomida olib borilgan chora-tadbirlar to’g’risida tibbiy shtabga ma’lumot
yuboradi.
Dostları ilə paylaş: