O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə114/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Yuqish mexanizmiga nisbatan qilinadigan chora – tadbirlar 

1. Bemor (vibrion tashuvchi) aniqlangan joyda yakuniy dezinfeksiya,


dezinfeksiya stansiyasi yoki DSENMning dezinfeksiya bo’limi tomonidan amalga
oshiriladi.
2. Bemor yashash joyida yakuniy dezinfeksiya bemor (vibrion tashuvchi)
gospitalizatsiyasidan (o’limidan) so’ng 3 soat ichida, ish yoki o’qish joyida esa
aniqlangandan so’ng bir sutka ichida bajarilishi lozim.
3. Dezinfeksiyani bajaruvchi xodim o’choqqa kelgach, klyonkali qo’lqop va
fartuk taqib hamda o’latga qarshi 2-chi tip kostyum kiyib, quyidagi ketma-ketlikda
ishlov berishi lozim:
a) poygakdan boshlagan holda polga ko’p miqdorda dezinfeksiyalovchi
eritma sepib chiqadi;
b) bemor chiqindilari va ovqat qoldiqlarini zararsizlantiradi;
v) barcha idish-tovoqlarni yig’ib, ularni zararsizlantiradi;
g) barcha yumshoq buyumlarni (yerga yoziladigan ashyolar, gilamlar,
sholcha, ustki kiyim boshlar va h.k.) dezinfeksion kameralarda zararsizlantirish
maqsadida yig’ib olinib, dezinfeksion eritma bilan namlangan qoplarga taxlab
chiqiladi, hujjatlar rasmiylashtirilgach buyumlar mashinalarga olib boriladi;
d) uy-jihoz buyumlari zararsizlantirilib, devorlarga ikki metr balandlikkacha
dez.eritma sepib chiqiladi;
e) bemor bo’lgan xona zararsizlantirilgandan so’ng oshxona, vanna, koridor
va yana bir bor pol zararsizlantiriladi;
j) xojatxona, axlat qutilari, chiqit chuqurlari va h.k. zararsizlantiriladi;
z) agar quduq mavjud bo’lsa, uning og’zi zararsizlantirilib, quduqdagi suv
xlorlanadi.
O’choqni dezinfeksiya qilib bo’lgandan so’ng, dezinfeksion brigada o’zining
maxsus kiyimlarini, oyoq kiyimlari, qo’lqoplari, rezinali fartugini zararsizlantiradi
va xalatni almashtiradi.
4. Ish joyida yoki o’qishda bemor (vibrion tashuvchi) aniqlangan hollarda
albatta, bemor ish joyida va yana umumiy foydalanish joylari - bufetlar (ishchilar



156
oshxonasi) dushxonalar bevosita zararsizlantiriladi.


5. Poliklinikalarda, ambulatoriyalarda, bolalar konsultatsiyasi va boshqa
davolash profilaktik muassasalarida vabo bilan og’rigan bemor yoki shunga gumon
qilinayotgan odam aniqlansa, shu muassasa xodimlari tomonidan najas va qusuq
moddalari, bemor bo’lgan vrach xonalari va boshqa xonalar, umumiy foydalanish
varaqalari, asboblar dezinfeksiya qilinadi.
6. Shifoxona va izolyatorlarni ochishdan oldin bino ichida va Shu maydonda
profilaktik dezinfeksiya qilinadi.
Shifoxona bo’limlarida kundalik dezinfeksiya ishlari kichik tibbiyot xodimlari
tomonidan, bo’lim katta hamshirasining bevosita rahbarligi ostida bajariladi. Vabo
bilan kasallanganlar yoki vaboga gumon qilinayotganlar uchun shifoxona (bo’lim)
dezinfektorlari
markazlashtirilgan
holatda
dezinfeksiyalovchi
vositalar
tayyorlaydilar:
a) qabul bo’limi sanitariya ishlovi o’tkazgichida (san.propusknik) I-II darajali
suv yo’qotgan bemorlarga sanitariya ishlovi o’tkaziladi (bu paytda dushdan
foydalanilmaydi) va ishlatilgan suv va xona zararsizlantiriladi.
b) bemorning buyumlari kleyonkali qopga yig’ilib, zararsizlantirish uchun
dezinfeksion kameraga yuboriladi;
v) bemor qabulidan so’ng, qabul bo’limi xonasi dezinfeksiya qilinadi;
g) bemorlar shaxsiy tuvaklar yoki tagga qo’yiladigan idish (podkladnыe
sudna) bilan ta’minlanadilar;
d) bemor ajratmalari idishlarda zararsizlantiriladi. Zararsizlantirilgan
ajratmalar (chiqindilar) kanalizatsiya quvuriga yoki maxsus ajratilgan xonada
dezinfeksiyalovchi eritmaga solinib, maxsus tayyorlangan, suv o’tkazmas zovur
(chuqur)ga quyiladi;
e) yumshoq buyumlar (bemorning ichki kiyimlari va yotoq choyshablari)
klyonka qoplarga yig’ilib (og’zi yopilgan holatda) qaynatish yo’li bilan yoki
maxsus ajratilgan xonalarda dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ho’llash-namlash
yo’li bilan zararsizlantiriladi;
j) bemor shifoxonadan chiqarilganda yoki vafot etgandan so’ng o’rin joy
anjomlari (ko’rpa, to’shak, yostiqlar) dezinfeksion kameralarda zararsizlantiriladi;
z) bemor foydalangan oshxona idish-tovoqlari, ovqat qoldiqlaridan tozalanib
qaynatish yoki dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantiriladi. Idish-tovoq
zararsizlantirilgach, yuviladi, quritiladi va yana shu bo’limdan boshqa yerlarga
chiqarilmagan holda ishlatiladi;
i)
palatalarda,
koridorlarda,
oziq-ovqat
tayyorlaydigan
joylarda
dezinfeksiyalovchi eritmalardan foydalangan holda, kuniga 2 martalab namlab
tozalab chiqiladi;
k) infeksion shifoxonaning barcha xonalarida pashshalarga qarshi chora-
tadbirlar olib boriladi;
l) tozalash-asbob-uskunalari (tog’aralar, chelaklar va x,.k.) belgilanib,
qat’iyan o’z vazifasi bo’yicha (qatiy ko’rsatmaga binoan) ishlatiladi va har bir
ishlatishdan so’ng zararsizlantiriladi;
m) shifoxonani berkitish - yopish vaqtida yakuniy dezinfeksiya o’tkazilib,



157
albatta uning sifati tekshiriladi.


9. O’liklar (murdalar)ni yorish, tashish va ko’mish ishlari. “ I-II guruh
yuqumli kasalliklari qo’zg’atuvchilari bilan zararlangan yoki zararlanishga gumon
qilinayotgan materiallar bilan ishlashning epidemiyaga qarshi tartibi” nomli
amaldagi instruksiyaga mos ravishda o’tkaziladi (Toshkent, 1992).
10. Aholi yashash punktlarida vabo tez avj olish paytida hovli sanitariya
qurilishlarini zararsizlantirish va pashshalarni qirish chora-tadbirlari yuzasidan
profilaktik dezinfeksiya chora-tadbirlari olib boriladi.
11. Qishloq joylarida, shu jumladan dala shiyponlarida ham, zararsizlantirish
chora-tadbirlari shahar sharoitidagidek amalga oshiriladi. Vabo bilan kasallangan
bemorlar bilan muloqotda bo’lganlar uyida qoldirilgan holatlarda kundalik
dezinfeksiya ishlari bemor bilan muloqotda bo’lganlar yordamida amalga
oshiriladi.
12. Dezinfeksion chora-tabirlar o’tkazish va uni tashkil etish yuzasidan va
zararsizlantirish bo’yicha dezinfeksiya stansiyasi va DSENM mutaxassislari yo’l-
yo’riqlar ko’rsatib borishadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin