166
Surunkali shaklga o’tish yoshga, jinsga, immunogenetik xususiyatlarga va
immunitet holatiga bog’liqdir. Kichik yoshda, erkaklarda
va turli immunodefitsit
hollarda surunkali infeksiya shakllanish ehtimolligi yuqori.
O’tkir B gepatitda kasallik yuqtirilganidan bir necha hafta o’tgach qonda
HBsAg sirkulyatsiya qila boshlashi virusning jigar hujayralarida replikatsiyasi
boshlanganligidan dalolat beradi. Shu paytdan boshlab kishi infeksiya manbai
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu jarayon qondagi biokimyoviy o’zgarishlar va
klinik alomatlar paydo bo’lishidan ancha burun (odatda 2-8 hafta burun)
boshlanadi.
Yuqish yo’llari va omillari. B gepatit virusi tabiiy va sun’iy yo’llar bilan
yuqishi mumkin. Tabiiy yo’llar tadrijiy taraqqiyot jarayonida shakllangan bo’lib,
qo’zg’atuvchining tur sifatida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Tabiiy yo’llar,
xususan, infeksiyaning onadan homilaga (antenatal, perinatal, postnatal), jinsiy va
turmushdagi yaqin maishiy muloqot natijasida berilishida kuzatiladi. Qon
so’ruvchi
hasharotlar organizmida HBsAg aniqlanishi (28 turdagi hasharotlar
organizmida
HBsAg topilgan) infeksiyaning transmissiv mexanizmi bilan ham
tarqalishini ko’rsatadi.
B gepatit virusining sun’iy yo’llar bilan yuqishi qon va qon mahsulotlarini
quyishda, teri hamda shilliq qavatlar butunligi buzilishga sabab bo’luvchi turli-
tuman tibbiy, notibbiy muolajalar oqibatida kuzatiladi.
Infeksiya manbaidagi,
ko’pincha, kasallikning tashqi alomatlarisiz kechadigan uzoq muddatli va intensiv
virusemiya qon hamda yuqish uchun ko’maklaShuvchi holat bo’lib xizmat qiladi.
Infeksiya yuqishi sodir etilishi uchun juda kam miqdordagi (10
-6
– 10
-7
ml)
tarkibida virus saqlovchi qon kifoyadir. Bunday xajmdagi qon esa faqat ignasini
almashtirib shprislardan qayta foydalanilganida, tibbiy anjomlar etarlicha mexanik
tozalanmaganida saqlanib qolishi mumkin.
Notibbiy muolajalarda yuqish giyohvand moddalarni parenteral qabul
qiluvchi giyohvandlar o’rtasida, tatuirovka, turli kosmetik va milliy odatlarni
bajarish kabi jarayonlarda sodir etiladi. Muayyan
hududlarda V gepatit virusi
yuqishining ma’lum bir yo’li asosiy hisoblanib dominantlik qilishi mumkin. Turli
hududlarda turlicha yo’llarning u yoki bu darajada faol ta’sir etib turishi shu
joyning endemiklik darajasiga, sanitar-gigiyenik holatiga, ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlariga, xususan
tibbiy xizmat saviyasiga, aholi turmush tarzi va darajasiga,
urf-odatlariga bevosita bog’liqdir.
V
gepatitga
nisbatan
yuqori
endemiklikdagi
hududlarda ko’proq
infeksiyaning onadan homilaga va bolalarga yuqtirilishi xosdir.
Rivojlangan mamlakatlarda esa giyohvand moddalarni parenteral qo’llash va
jinsiy (geteroseksual va gomoseksual) yo’llar bilan yuqishi ko’pchilikni tashkil
qiladi. Bu mamlakatlarda tibbiy muolajalar oqibatida infeksiya yuqishi 1%
atrofida.
Aksincha, rivojlanayotgan mamlakatlarda tibbiy muolajalar o’tkazishda va
infeksiya manbaining oila a’zolari o’rtasida maishiy yuqishi asosiy o’rinni
egallaydi.
O’zbekiston B gepatitga nisbatan giperendemik hudud bo’lganligi sababli
167
perinatal yuqishning salmog’i yuqori, lekin mamlakatimizda tibbiy muolajalar
oqibatida infeksiya yuqishi o’ta dolzarb muammo bo’lib turibdi - o’tkir B gepatit
bemorlarining qariyib 50%i kasallikni aynan shu yo’l
bilan yuqtirishayotganligi
kuzatilmoqda.
Shuningdek, sun’iy yuqish yo’llari hisobiga ba’zan B gepatit epidemik
jarayoni chaqnash tusini olishi mumkin.
B gepatit qo’zg’atuvchisi infeksiya manbaining ko’pgina biologik
suyuqliklari va ajratmalarida - qon, zardob, yaralar ekssudati, shahvat, qin
ajratmasi, so’lak, ko’z yoshi, ter suyuqligi, ko’krak suti, siydik, najasda topilgan.
Bu
biologik suyuqliklar, ajratmalar va ular bilan ifloslangan turli tibbiy-notibbiy
anjomlar, predmetlar, buyumlar yuqtirish omillari bo’lib xizmat qilishadi.
Bulardan qon, zardob, yaralar ajratmasi, shahvat, qin ajratmasi, so’lak va ular bilan
ifloslangan turli anjomlar eng asosiy hamda eng xavfli yuqtirish omillaridir. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, tibbiy anjomlar va muolajalar orqali kasallikni yuqtirish
xavfi teri usti applikatsiyasidan tortib infeksiyalar, qon olish va quyish,
endoskopik, sistoskopik, stomatologik, ginekologik,
jarrohlik, gematologik,
gemodializ amaliyoti kabi jarayonlarning barchasida u yoki bu darajada mavjuddir.
B gepatit virusining akupunktura ignasi, qon olish "perolari" va ignasiz in’ektorlar
orqali yuqish hollari aniqlangan.
B gepatit virusining kontagiozligi immun tanqislik virusiga nisbatan taxminan
100 barobar yuqoriroqdir.
Dostları ilə paylaş: