Profilaktikasi. B gepatit profilaktikasi borasidagi tadbirlar majmuasi
infeksiya manbalarini faol aniqlashga, tabiiy va sun’iy yuqish yo’llarini bartaraf
etish hamda maxsus emlash o’tkazishga qaratilgandir.
Infeksiya manbaini aniqlash maqsadida barcha donorlar, homilador ayollar,
xatarli guruhlarga mansub kontingentlar B gepatit virusini tashuvchilikka tekshirib
boriladi.
Donorlar har bir qon (to’qima, a’zo) topshirishlaridan oldin chuqur klinik-
laboratoriya (vrach ko’rigi, serologik va biokimyoviy) hamda epidemiologik
tekshiruvlar o’tkazilishi darkor. Quyidagi hollarda kishi donorlikka qo’yilmaydi:
- o’tmishda (qachonlikdan qat’iy nazar) virusli gepatit bilan og’rib o’tganlar;
- qon zardobida HBsAg topilganlar;
- surunkali jigar xastaligiga (jumladan, toksik tabiatli va noaniq etiologiyali)
chalinganlar;
- jigar xastaligini klinik va laboratoriya alomatlari mavjud shaxslar;
- oxirgi 6 oy davomida B gepatitga chalingan bemorlar bilan oilaviy
muloqotda bo’lganlar;
- oxirgi 6 oy ichida qon va uning mahsulotlari quyilgan shaxslar;
- giyohvandlar, noto’g’ri jinsiy hayot kechiruvchilar.
Infeksiya manbaini aniqlash va kelajakda uni donorlikdan chetlatish
169
maqsadida har bir transfuziyadan keyingi gepatit jiddiy epidemiologik
tekshiruvdan o’tkaziladi.
Transfuziyadan keyingi gepatit hollarida muvaffaqqiyatli epidemiologik
tekshiruvni amalga oshirish uchun barcha davolash-profilaktika muassasalarida
quyidagilar yo’lga qo’yilishi zarur:
- har bir quyilayotgan qon (uning mahsulotlari) qayd etib borilishi uchun
maxsus jurnal yuritilishi va unda qonning barcha rekvizitlari, tayyorlagan
muassasa, tayyorlangan kun, donorning ismi-sharifi, retsipientning ismi-sharifi,
kasallik tarixi tartib raqami va transfuziya kuni aks ettirilishi;
- retsipientning kasallik tarixida har bir transfuziya alohida qayd etilishi;
- qon haqidagi hujjat (idishdagi etiketga), undagi axborotni to’liq saqlash
maqsadida, kasallik tarixiga elimlanishi;
- davolovchi vrachlar virusli gepatitga chalingan bemorlardan batafsil
epidemiologik anamnez yig’ishlari, jumladan, transfuziyalar o’tkazilganligini
aniqlab kasallik tarixiga qayd etishlari;
- HBsAg_mavjudligiga_tekshiriladi._Ayolni_tug’ruqxonaga_yuborishda_yo’llanmasiga_(almashinuv_kartasiga)_HVsAg'>HBsAg "tashuvchiliga" aniqlangan yoki infeksiya manbai sifatida gumon
qilinayotgan barcha donorlar qon quyish muassasalari va sanitariya-
epidemiologiya nazorati markazlarida hisobga olinishi;
- gumon qilinayotgan donorning shu paytgacha topshirgan qonlari, ularning
barcha retsipientlari, ular orasida transfuziyadan keyingi gepatitga chalinganlar
bor-yo’qligi aniqlanishi.
Homilador ayollar homiladorlikning 8-10 va 30-32 haftalarida HBsAg
mavjudligiga tekshiriladi. Ayolni tug’ruqxonaga yuborishda yo’llanmasiga
(almashinuv kartasiga) HVsAg ga tekshirilgan vaqti, uning natijalari qayd etiladi.
O’tkir B gepatitga chalingan homiladorlar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga,
surunkali B gepatitga chalingan bemorlar va HBsAg "tashuvchilari" esa, doyalik
yordami ko’rsatilishi uchun maxsus bo’limiga (palatasiga) yotqizilib, tegishli
epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshirishlari darkor.
Xatarli guruhlarga mansub kontingentlarda infeksiya yuqqanligini o’z vaqtida
aniqlash maqsadida, tegishli tibbiyot xodimlari ishga joylashishi oldidan va yiliga
1 marta; uzoq davolanuvchi bemorlar (onkologiya, gemotologik, psixonevrologik,
sil va boshqalar) va gemodializ, torakal jarrohlik bemorlari shifoxonada bo’lish
davomida kvartalda 1 marta; narkologik, teri-tanosil dispanserlari kontingentlari
hisobga olinganida va yiliga 1 marta; bolalarning yopiq muassasalari
tarbiyalanuvchilari qabul qilish oldidan HBsAg mavjudligiga tekshirilib boriladi.
O’tkir B gepatiti bilan hisobga olingan kishilarning ambulatoriya kartalari
qizil uchburchak, surunkali B gepatiti va HBsAg "tashuvchilarning" tibbiy
hujjatlari (ambulatoriya kartasi, almashinuv kartasi va hokazolar) qizil kvadrat
bilan markirovka qilinadi.
B gepatitiga nisbatan o’tkaziladigan profilaktik tadbirlar o’rtasida
qo’zg’atuvchining tabiiy va sun’iy yuqish yo’llarini bartaraf etishga qaratilgan
tadbirlar alohida ahamiyatga egadir.
Tabiiy yuqish yo’llarini bartaraf etish sanitariya-gigiyenik tadbirlari va
sog’lom turmush tarzini qaror toptirish natijasida ta’minlanishi mumkin. Shaxsiy
170
gigiyena buyumlarini (ustara, tish cho’tkasi, kosmetik anjomlari, mochalka va
boshqalar) individuallash va alohida saqlash, gigiyenik qoida-me’yorlariga amal
qilish, turmushdagi hamda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishning oldini olish, qon
so’ruvchi hasharotlar bilan kurashish zarur. Jamiyatdagi fohishalik, nikohsiz jinsiy
hayot kechirish, gomoseksualizm kabi zararli odatlarni yo’qotish, mexanik
kontratsepsiya vositalarini qo’llash orqali jinsiy yo’l bilan infeksiya yuqishi
bartaraf etiladi.
Vertikal mexanizm bilan virus yuqishining oldini olish masalasi hal
etilmasdan qolmoqda.
Sun’iy yuqish yo’llarining oldini olish uchun gemotransfuziyalarni imkoniyat
darajasida kamaytirish, autotransfuziyani kengroq tadbiq etish, HBsAg ga
tekshirilmagan yoki HBsAg aniqlangan qonni quymaslik, donordan qon olish va
retsipientlarga quyishda faqatgina bir martalik sistemalardan foydalanish; teri va
shilliq qavatlar butunligi buzilishiga sabab bo’luvchi, shillik, qavatlarga teguvchi,
infeksiya qilinadigan dori-darmonlarga teguvchi barcha anjomlar uskunalar,
ularning detallari tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq mexanik tozalanishi,
dezinfeksiya, sterilizatsiya qilinishlari darkor. Har bir muolaja uchun alohida steril
anjom ishlatilishi zarur. Faqatgina ignasini almashtirib shprislardan qayta
foydalanish ta’qiqlanadi. Barmoqlardan qon olishda har bir bemor uchun alohida
skarifikator va mikropipetka qo’llaniladi. Bir martalik anjomlari (shpris, ignalar va
hokazo) yo’q qilinishidan oldin deformatsiyaga uchratilishi va dezinfeksiyalovchi
vositalar yordamida zararsizlantirilishi zarur.
Gemodializ va ekstrakorporal qon aylanish bo’limlarida apparatlar individual
yoki muayan guruhdagi bemorlarga biriktirilishi kerak. O’tkir va surunkali B
gepatit bemorlari, HBsAg "tashuvchilari" uchun albatta individual apparatlar
qo’llaniladi. Har bir gemodializdan keyin o’rin-to’shak almashtiriladi.
B gepatit virusining biologik suyuqliklar va ajratmalarda mavjudligi hamda
tashqi muhit ta’sirotlariga etarlicha chidamliligi muolaja o’tkaziladigan
xonalarning virus bilan yuqori darajadagi kontaminatsiyasiga sabab bo’lishi
mumkin.
Muolaja xonasida pol, ish stoli, apparatlar yuzasi dezinfeksiyalovchi vositalar
bilan vaqti-vaqtida va ish kuni oxirida zararsizlantirilishi, qon tomganida tezgina
3% xloraminli tamponda artib olinishi darkor. Muolaja xonalari albatta bakterisid
lampasi bilan ta’minlanishi zarur. Undan maxsus jadval asosida foydalaniladi.
Tibbiyot xodimlari ish jarayonida autoinokulyatsiya natijasida o’zlariga
infeksiya yuqib qolishining oldini olishlari kerak. Qon tegishiga sabab bo’luvchi
barcha muolajalar, tibbiy anjomlar, pipetka va laboratoriya idishlarini qismlarga
ajratish, yuvish, chayish, rezina qo’lqop kiyib bajariladi. Qon sachrash ehtimolligi
mavjud bo’lsa niqob taqiladi. Har bir muolajadan keyin qo’l iliq suvda 2 marta
sovunlab yuviladi va individual sochiqda artiladi. Qo’lni yuvishda tez-tez
dezinfektantlarni va qattiq cho’tkalarni qo’llash tavsiya etilmaydi. Qon va zardob
bilan ishlashda rezina nokli yoki avtomatik pipetkalardan foydalaniladi, og’iz bilan
so’rib tortish mumkin emas. Qo’l qon bilan ifloslanganida shu zahotiyoq 1%
xloraminli tamponda artilib ikki marta sovunlab yuviladi.
171
Laboratoriyaga qonni yuborishda yo’llanmani probirka ichiga joylashtirish
qatiyan taqiqlanadi. Uni probirka sirtiga elimlash shart.
Shuningdek, kosmetik kabinetlar, sartaroshxonalar asbob-anjomlari (ustara,
manikyur to’plamlari va hokazolar) ham sifatli tarzda zararsizlantirilishi talab
qilinadi.
B gepatitga nisbatan maxsus profilaktika - ommaviy vaksinatsiyaning yo’lga
qo’yilishi epidemik jarayon jadalligiga ta’sir etuvchi jiddiy omil bo’lib xizmat
qiladi. Vaksinaning asosi bo’lib HBsAg xizmat qiladi, chunki bu antigenga qarshi
antitelolar protektiv xususiyatga egadir. HBsAg virus tashuvchi donorlar
plazmasidan yoki gen injenerlik usulida olinishi mumkin. Hozirgi vaqtda, asosan,
HBsAg olish uchun rekombinant achitqi shtammlari va sut emizuvchilar
xujayralaridan foydalaniladi. Rekombinant vaksinalar o’z tarkibida viruslarni
saqlamaydi. Ular tozalangan antigenni alyuminiy gidrookisda shimdirilib va
timerosalga konservaciya qilinib tayyorlanadi. Vaksinatsiya samaradorligi 95-
100% deb baholanadi. Hattoki,chaqaloqlarga tug’ilgan zaxotiyoq vaksinatsiya
qilinganida ham yuqori immunogenlik va samaradorlik kuzatiladi. Ushbu
vaksinaning onadan olingan antitelolalar, B gepatitga qarshi immunoglobulin
tarkibidagi antitelolar va bolalarga hayotining dastlabki oylarida odatda
qo’llaniladigan boshqa vaksinalar bilan interferensiyasi kuzatilmaydi. Shu
xususiyatlari tufayli vaksina bolalarni rejali emlash universal taqvimiga kiritishga
yaroqlidir. Amaldagi emlash taqvimiga ko’ra respublikamizda B gepatitiga qarshi
vaksinatsiya bolaning tug’ilishi bilan (1 sutkada), 2 va 6 oyliklarida o’tkaziladi.
Xatarli guruhlarga mansub kishilar ham, avvalo tibbiyot xodimlari va tibbiyot
bilim yurtlari talabalari B gepatitga qarshi emlanishi shart. Katta yoshdagilarga
ham emlash 3 marta o’tkazilib, birinchi va ikkinchi emlash orasidagi muddat 1
oyni, ikkinchi va uchinchi emlash orasidagi muddat esa - 6 oyni tashkil etadi.
Vaksinani katta kishilar va katta yoshli bolalar deltasimon mushagi orasiga,
chaqaloqlar va kichik yoshli bolalarga esa sonning oldingi lateral qismiga yuborish
zarur. Deltasimon mushakka yuborish uchun 25-37,5 mm uzunlikdagi, songa
yuborish uchun 20-25 mm uzunlikdagi igna ishlatiladi. Vaksinani teri orasiga
yuborish tavsiya qilinmaydi. B gepatitga qarshi vaksina ±2°Cdan ±8°C gacha
haroratda saqlanishi zarur. Muzlatish mumkin emas, chunki bu vaksinaning
samaradorligini pasaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |