179
Difteriya tayoqchasining 3 ta biologik turi farqlanadi. Ular bir-biridan
morfologik, kultural va biokimyoviy xossalari jihatidan farqlanadi. Qurigan tomoq
shillig’ida difteriya tayoqchalari uzoq muddatgacha saqlanib qolishi mumkin.
Gazlamalar yuzasida esa 40-50 kun, o’yinchoqlarda 3 oygacha saqlanib qolishi
mumkin. Bevosita quyosh yorug’ligining ta’siri ostida difteriya qo’zg’atuvchilari
bir necha soat ichida nobud bo’lishadi. Qo’zg’atuvchilar dezinfeksiyalovchi
moddalar ta’siriga juda chidamsiz fenolning 5%
li eritmasi, 2-3% li xloramin
eritmasi va vodorod peroksidining 1% li eritmasi ularni 1-10 daqiqa ichida nobud
qiladi.
Difteriya toksini qizdirishga, yorug’lik ta’siriga va oksidlanishga bardoshsiz
bo’lib, osongina parchalanib ketadi.
Difteriya-patogenezida esa toksinlar yetakchi rol o’ynaydi. Odatda nafas olish
yo’llarining
yuqori qismi, tomoq murtaklari, burun-halqum va burunning shilliq
qavatlari ba’zan esa ko’z konyuktivasi, jinsiy a’zolar
shilliq qavatlari va
shikastlangan teri difteriya qo’zg’atuvchilari uchun kirish darvozasi bo’lib xizmat
qiladi. Yashirin davri 2-7 kunni tashkil qilib, bu davrda difteriya bakteriyalari
to’qimalarda ko’payib, toksinlari shilliq qavatga ta’sir
qilishi natijasida avvalgi
kataral ko’rinishda 1-3 kundan so’ng esa fibrinoz yoki krupoz yallig’lanish
ko’rinishida yuzasida parda (plyonkali) qoplamalar hosil bo’ladigan patologik
jarayon yuzaga keladi. Qonga so’rilgan difteriya toksini organizmning umumiy
intoksikatsiyasini vujudga keltiradi.
Kasallikning yengil shakli ko’pincha 1
yoshgacha bolalarda, shuningdek
qayta kasallanganlarda va emlanganlarda sezilmas belgilar bilan payqab
bo’lmaydigan shaklda kechadi. Kasallikni barvaqt va to’g’ri davolaganda o’lim
hollari umuman bo’lmasligi mumkin, aks holda esa o’lim 37 % va undan yuqori
bo’lishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: