182
qo’llaniladi.
v) Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan chora-tadbirlar (bunda
bemorning yashash joyi, o’qish va ish joyidagi barcha muloqotda bo’luvchilar
e’tiborga olinadi).
Muloqotda bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Bemor
yoki tashuvchi ajratib qo’yilgandan so’ng atrofidagilarga 7 kun davomida har kuni
termometriya va vrach ko’rigi o’tkazib turiladi, surunkali
tonzilitga chalingan
odamlarni kasallik qo’zg’alish davrida 3 kunda bir marta otolaringolog vrach
ko’rigidan o’tkazish kerak.
Difteriyaga chalingan bemor yoki toksigen korinobakteriyasi tashuvchilik
hodisasi aniqlanganda bemor yoki
tashuvchining yashash joyi, yotoqxonalar va
boshqa o’smirlar muassasalari, ish joyi kabilar bilan aloqa o’rnatish kerak.
Shuningdek qarindosh-urug’lari, do’stlari ham hisobga olinishi kerak. O’choqdagi
muloqotda bo’lganlarni aniqlashda mahalliy tibbiyot xodimlari va rahbariyat ham
ishtirok etadi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlar (guruh, sinf, uy,
yotoqxona va
o’sha joydagilar) LOR kasalligi bo’lganlar bir marta bakteriologik tekshiruvdan
o’tkaziladi. Bu ishlarni bir hafta ichida tugatish kerak. Agar birinchi tekshiruvdan
(bakteriologik) keyin tashuvchilar aniqlansa, tekshirish davom ettiriladi.
Bakteriologik tekshiruv otolaringolog vrach ko’rigi bilan birga bo’lishi kerak. LOR
organlari surunkali kasalligiga chalingan
bemorlardan olingan burun, tomoq
surtmalarni tekshirishga alohida e’tibor berish kerak.
Terisida zararlanishlar (furunkul, piodermiya, panaritsiy) bo’lganlar ham
bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. Barcha bakteriologik, serologik va boshqa
tekshiruvlar natijalariga asoslanib o’choq chegaralari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: