183
vaksinasi bilan o’tkaziladi, 7 yoshda, 16 yoshda, 26 yoshda va 46 yoshlarda esa
ADS-M anatoksini bilan qayta emlanadi.
Difteriya profilaktikasi samara berishi uchun kamida 90 % bolalarni emlash
lozim bo’ladi. Bunga emlashlarni aniq rejalashtirish va
bu rejalarning bajarilishi
ustidan qat’iy nazorat qilib turish bilan erishish mumkin. Bolalar poliklinikalari
emlash rejalarini tuzishda avval bolalarning nomma-nom ro’yxatini
tuzib
chiqadilar. Bular emlashlarni hisoblash kartasi (63-shakl) va bolaning rivojlanish
tarixi kartalari bilan (112-shakl) yig’iladi. Bunda barcha bolalar ro’yxati olinadi.
Chaqaloqlarning vaksinatsiya rejasi tug’ilganlik haqidagi ma’lumotlarga
asosan
tuzib chiqiladi. Inieksiya qilishdan oldin vrach bolaning emlashga qarshi
ko’rsatmalarini aniqlash maqsadida uning sog’lig’ini ko’zdan kechirishi lozim.
Shuni
esda tutish lozimki, bu qarshi ko’rsatmalarning barchasi vaqtinchalikdir,
shuning uchun bu qarshi ko’rsatmalar bartaraf qilinganidan
keyingi emlangan
bolani nazorat qilib turish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: