25
Epidemiologiyada nisbiy kattaliklardan kasallanish darajasini aniqlash
ko’rsatkichi, o’lim sonini aniqlash ko’rsatkichi, mehnat qobiliyatini
yo’qotganligini aniqlash ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Ekstensiv (nisbiy) ko’rsatkichlar - bu nisbiy kattalik bo’lib, tahlil qilinayotgan
hodisalarning qanchalik uchrashi darajasini ko’rsatadi.
Bunda hodisaning mutloq
sonini yuz foiz (100 %) deb olinib, Shu hodisaning u yoki bu belgilari shu mutloq
songa nisbatan hisoblanadi.
Ekstensiv ko’rsatkichlarni epidemiologik hodisalarning kelib chiqish
sabablari va ular orasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlashda qo’llab bo’lmaydi.
Ko’rgazmali ko’rsatkichlar biror bir masalaning yoki hodisaning mohiyatini
ko’rgazmali qilib aks ettirishda qo’llaniladi. Ko’rgazmali ko’rsatkichlar yordamida
hisoblash uchun mutloq raqamlardan yoki intensiv ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Bunda biror raqam yoki ko’rsatkich shartli ravishda bir deb olinadi va qolgan
ko’rsatkichlar yoki raqamlar shu shartli ravishda
olingan songa nisbatan
hisoblanadi.
Epidemiologik tekshiruvlar uchun birinchi yoki dastlabki material sifatida
hisobga olingan hisobot daftarlaridagi ma’lumotlardan va tekshiruvchi kishi o’zi
tanlab tekshirgan tekshiruv natijalaridan foydalaniladi. Bu o’rinda hisobot
daftarlaridan olinadigan ma’lumotlarni yig’ish ancha qulay va ko’p
qiyinchilik
talab qilmaydi. Tekshiruvchi kishining tanlab tekshirgan tekshiruv natijalariga
asoslangan tekshiruv aniq va mukammal bo’ladi, ammo bunday materiallarni
to’plash bir muncha qiyinchiliklar va ma’lum miqdorda xarajatlar talab qiladi.
Epidemiologik tekshiruvda tekshiruvni o’tkazish
vaqtiga qarab ikki xil
tekshiruv uslubi farqlanadi:
a) bir paytda (ko’ndalangiga) o’tkaziladigan tekshiruvlar.
b) uzoq davom etadigan (uzunasiga, perspektiv) tekshiruvlar.
Bir paytda o’tkaziladigan tekshiruv bu bir paytning o’zida biror bir aholi
guruhlari o’rtasida olib boriladigan tekshiruvdir. Bu tekshiruv usuli yordamida
kasallanishni (boleznennost) yoki zararlanish darajasini (porajennost)
aniqlash
mumkin.
Uzoq davom etadigan tekshiruv usuli - bu biror bir aholi guruhlarida uzoq
muddat mobaynida, ya’ni ma’lum bir vaqt oralig’ida
olib boriladigan tekshiruv
bo’lib, bunday tekshiruv uchun ma’lumotlar uyma-uy yurib tekshirishlar natijasida,
bemorlar haqida har kuni olib boriladigan hisobotlarni o’rganish tufayli maxsus
varaqalar tarqatish yo’li bilan yig’iladigan dalillarni jamlash natijasida to’planadi.
Dostları ilə paylaş: