189
- Bolalar muassasalarida, maktab-internat, maktabdagi meningokokk
tashuvchilar uyida va izolyatorda ajratib qo’yiladi. Katta yoshdagi tashuvchilar
ajratilmaydi.
- Bolalar jamoalari, maktab, lager-sanatoriylarda
aniqlangan menigokokk
tashuvchilar
muassasalarga qo’yilmaydi, lekin uning jamoasidagilarda
bakteriologik tekshiruv o’tkazilmaydi.
- Aniqlangan tashuvchilar 4 kun davomida levomitsetin 0,5x 4, ampitsillin
0,25x 4 bilan sanatsiya qilinadi. Katta yoshdagilarga esa 2 kun davomida
rifampisin 0,3x 2 beriladi.
- Sanatsiya kursi tugagandan keyin 3 kun o’tkazilib
bakteriologik tekshiruv
o’tkaziladi, manfiy natija olinsa jamoaga qo’yiladi.
- 5 yoshgacha bo’lgan MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlar bilan
muloqotda bo’lganlarga, ya’ni bolalarga 1,5 ml gammaglobulin, 5-7 yoshgacha 3,0
ml gammaglobulin kechiktirmay yuborish kerak. Gammaglobulinni takror
yuborish 6 oydan keyin o’tkaziladi. Shoshilinch profilaktika maqsadida A va S
guruhga kiruvchi meningokokkning polisaxarid vaksinasidan foydalaniladi.
Vaksinatsiya kasallik aniqlangandan keyin 5 kun davomida 5
yosh va undan
kattalarga o’tkaziladi.
- Agar bemor o’quv yurtining 1 - kursida o’qisa 1 - kursdagilarning hammasi,
yuqori kursda bo’lsa faqat muloqot qiluvchilargina vaksinatsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: